Umumiy ma'lumot
Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Filialning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta'minotini amalga oshirish;
Axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga kiritish, o‘quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish;
Zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida filial professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar o‘tkazish;
Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari uchun INTERNET va milliy ilmiy-o‘quv tarmog‘idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish;
Axborot – kommunikasiya tarmog‘inining o‘quv-metodik ta'minotini yaratish borasida filial fakultetlari va kafedralarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
Axborot-kommunikasion texnologiyalarini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, anjumanlar, amaliy seminarlarda ishtirok etish va tashkil etish;
Respublikaning boshqa o‘quv muassasalari, chet el davlatlari ta'lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashish, axborot texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikdagi o‘quv kurslarini yaratish maqsadida ijodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish;
Filialning rasmiy veb saytini yaratish, filial yangiliklari haqidagi axborotlar bilan doimiy yangilanishini ta'minlash;
Filialni zamonaviy kompyuterlar va tarmoq bilan ishlash uchun zaruriy ashyolar bilan ta'minlash haqidagi takliflarni tayyorlash;
Filial kompyuterlar tarmog‘ini yaratish va tarmoqning dasturiy ta'minotini amalga oshirish (Intranet va Internet);
Filial kompyuterlarining dasturiy ta'minotini amalga oshirish;
Fakultetlarda Kompyuter sinflarini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;
Kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘quv-metodik ta'minotni yaratish;
Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda va ularni o‘quv jarayoniga joriy qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;
Elektron darsliklar va ma'ruzalar matnlarining elektron versiyalari yaratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
Filial Axborot resurs markaziga avtomatlashtirilgan ARMAT tizimini joriy etishda amaliy yordam ko‘rsatish.