MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

#tanlov "O'zingni va pullaringni asra" videoroliklar tanlovi “Global money week” (“Umumjahon pul haftaligi”)



“Global money week” (“Umumjahon pul haftaligi”)

 

 O`zbekiston Respublikasi Markaziy  bankining 2021 yil 5 martdagi 40-08/91-son xati Markaziy bank tashabbusi bilan joriy yil mart oyida aholini moliyaviy savodxonligini oshirish, shaxsiy moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ko`nikmalarni shakllantirish hamda “O`zingni va pullaringni asra” shiori ostida “Global money week” (“Umumjahon pul haftaligi”) xalqoro ta’lim kompanyasini nishonlash rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

 Mazkur xalqoro ta’lim kampaniyasi doirasida o’tkaziladigan tanlov, chempianat va olimpiadalarda o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o’quvchilarini ishtirok etishga taklif etamiz.

 14-20 yoshdagi bolalar va yoshlar uchun "O'zingni va pullaringni asra" videoroliklar tanlovi bo'yicha ijodiy ishlar joriy yilning 18-martigacha filial "Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori" tomonidan qabul qilinadi.

© Filial Axborot xizmati