Diqqat, e’lon! «Urush xotiralarida» ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi boshlandi
Mudofaa vazirligi 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Urush xotiralarida» nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Rangtasvir, rassomchilik, grafika, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati, bayon, insho, esse va hikoyalar.
Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, «Hunarmand» uyushmasi a’zolari ishtirok etishi mumkin.
Ushbu tanlov 2021 yildan boshlab har yili 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasi tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlanishidan 20 kun oldin «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:
Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezume);
Pasport (ID-karta) nusxasi;
Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
3×4 o‘lchamdagi 1 ta va 9×12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
Tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar).
Asar bilan birgalikda muallifning ism-sharifi, manzili, asarning nomi yozilgan ma’lumotlar, shuningdek yozma ijodiy ishlar konvertda tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi.
Arizaning rasmiylashtirish talablariga rioya etmaslik holatlari kuzatilsa, tanlov materiallari ko‘rib chiqilmaydi.
Ko‘ngillilarning ushbu tanlovga taqdim etilgan materiallari va “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar asosida “Xotiralardan o‘rin olgan tarix” kitobi yaratilishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar va taqdim etilgan ishlarning soni cheklangan. Bitta ishtirokchi tanlovga birdan uchtagacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi ishlarni birlashtirgan holda bitta ariza bilan berishi mumkin.
Ko‘rik-tanlovda topshirilgan ishlar “Shon-sharaf” davlat muzeyida ko‘rgazmaga chiqariladi va tanlovda g‘olib deb topilganlari “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondidan joy oladi, qolgan ishlar mualiflariga qaytariladi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga «tanlovga» degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi:
100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.
Aloqa uchun telefonlar: 97-744-21-77, 97 763-91-96, 90 137-61-14, 99 860-18-87.