O‘zMU Jizzax filialida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida raqamli iqtisodiyot istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani AXBOROT XATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-texnik anjumani
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi №78-F sonli Farmoyishiga asosan O‘zMU Jizzax filialida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida raqamli iqtisodiyot istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Anjuman 2021 yil 5-6 may kunlari onlayn va oflayn rejimida o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi sho‘balar ish olib boradi:
1-sho‘ba. Elektron ta’lim (e-learning): metodologiya, uslubiy ta’minot, elektron axborot resurslar;
2-sho‘ba. Smart texnologiyalari va ularning ilovalari: tadqiqotlar va ishlanmalar;
3-sho‘ba. Axborot xavfsizligi: muammolar, yechimlar, istiqbollar;
4-sho‘ba. Raqamli iqtisodiyot sohasining istiqbollari.
Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar
Maqola, tezis materiallari o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjumanda ishtirok etish uchun mualliflar 2021 yil 25 aprel kuniga kadar: anjumanning http://conference.jbnuu.uz/ rasmiy vebsaytida registratsiyadan o‘tishlari hamda maqolalar, ma’ruza tezislarini va ekspert xulosasini yuklashlari talab etiladi. Shuningdek materiallarni quyidagi https://t.me/UzMU_JF_konferensya havola orqali telegramm guruhiga ham yuborish mumkin.
chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. Fayl mualliflarining ismi-sharifi bilan lotin alifbosida (masalan, Usmanov S) nomlanishi lozim.
Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi va navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. Navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo‘sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Manbalarga havolalar albatta ko‘rsatilishi lozim. Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart dasturlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan hamda texnik ekspertizadan o‘tmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.
Sho‘ba nomi ko‘rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2021 yil 25 aprelgacha.
Anjuman materiallari muallifning oldindan to‘lagan badallari hisobidan chop etiladi (har bir sahifa uchun 10000 so‘m, to‘lovlarni CLISK, PAYME tizimlari orqali UZCARD: 8600332927907935 raqamli plastik kartaga o‘tkazish mumkin).
To‘lovni amalga oshirib +998933035342 (Abduraxmonov Zohid) raqami bilan xabarlashishingiz so‘raladi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: 130100, Jizzax viloyati Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 259 uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
Tel.: +998722260170, Faks: +998722260170 E-mail: uzmujf_konf@inbox.ru
Anjumanga qiziqish bildirganligingiz uchun minnatdormiz!
Tashkiliy qo‘mita