MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

⚡️ Talabalar diqqatiga!



⚡️ Talabalar diqqatiga!

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021-y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 (https://t.me/huquqiyaxborot/10464)Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, 2021-yilning 8-oktabr kunidan boshlab(har kuni) O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalariga qulaylik yaratish maqsadida Jizzax shahar soliq inspeksiyasi xodimlari universitet filialiga tashrif buyurishadi.

Ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishini xohlagan talabalarga shu yerning o'zida shartnoma tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunda talabalar o'zi ijarada turadigan uy egasi bilan birgalikda kelishlari kerak bo'ladi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, ijarachilar soliq toʻlovidan ozod etilishi ko'zda tutilgan.

Ijara shartnomasini tuzish uchun talab etiladigan hujjatlar:
1. Turar joyni kadastr hujjati nusxasi;
2. Taraflarning shaxsan o‘zi va pasport nusxalari.

Batafsil maʼlumot:
👉 https://t.me/huquqiyaxborot/10464

👉 https://t.me/eduuz/6272