Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 2023-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi:
E’ L O N !
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil
26-sentyabrdagi 3/19-26/09-172-son xatiga binoan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 2023-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi:
13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari);
05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash;
05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti;
03.00.12 - Biotexnologiya.
Tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikda o‘qish istagida bo‘lganlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- pasport nusxasi;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha 2 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomining 3-bob
22-bandiga muvofiq, tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha ball kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtixonlardan ozod etiladi.
Talabgorlar barcha hujjatlarni 2022-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) dan onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tib taqdim etishlari lozim.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qish istagida bo‘lganlar
qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- pasport nusxasi;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha 2 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari);
- ish joyidan tavsifnoma.
Hujjatlar har chorakda 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha, 15-yanvardan
15-fevralgacha, 15-apreldan 15-maygacha, 15-iyuldan 15-avgustgacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 130100, Jizzax viloyati Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 259-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali. Bosh bino 1-qavat, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori.