MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Til posbonlari



O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorlikda 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, o'zbek tilining mamalakatimiz ijtimoiy hayotida va ta'lim-tarbiya jarayonida davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta'minlashda talaba-yoshlarning faolligini oshirish maqsadida "O'zbek tilim-o'zligim" shiori ostida "Til posbonlari" ijtimoiy loyihasi ishlab chiqildi.

🧑‍🎓👩‍🎓Ushbu loyihaga har bir oliy ta'lim muassasasidan 5 nafar faol ko'ngilli talaba-yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

⚡️⚡️⚡️Shu munosabat bilan davlat tili taraqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shish istagida bo'lgan talabalar 2022 yil 31-oktabr soat 10:00 ga qadar filial Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektoriga kelib uchrashishingiz so'raladi.

🏃‍♂️🏃‍♀️SHOSHILING ISHTIROKCHILAR SONI CHEGARALANGAN!!!