Taʼlim-fan jamoatchilik kengashiga aʼzolar saralanmoqda
Taʼlim-fan jamoatchilik kengashiga aʼzolar saralanmoqda
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq boʻlmagan tashabbuskor fuqarolardan iborat Taʼlim-fan jamoatchilik kengashiga nomzodlikka 310 ta ariza qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlar saralanib, 17 nafar aʼzo tanlanadi va kengash tarkibi doimiy ravishda rotatsiya qilib boriladi.
Bundan tashqari, jamoatchilik kengashiga nomzodini topshirgan fuqarolardan iborat ishchi guruhlar ham tashkil etilib, turli yoʻnalishlarda jamoatchilik nazoratini oʻrnatishlari taʼminlanadi.
Jamoatchilik kengashi oliy va professional taʼlim muassasalarini bevosita joyiga chiqqan holda muntazam oʻrganib, natijasi hamda amaliy choralar boʻyicha takliflar kiritadi.
Jamoatchilik kengashiga to‘liq hujjat yuborgan nomzodlar haqida ma’lumot