MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Umumiy ma'lumot

Bosh auditor lovozimi OTM tarkibiy tuzulmasida alohida lavozimsifatida kiritiladi, bevosita OTMning rektoriga buysunadi . Bosh auditorni OTMning boshqa mansabdor shaxs yaki tarkibiy bo`lim (Boshqarma, bo‘linma) bo`ysuniviga o‘tkazish taqiqlanadi  

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta

 maxsus ta’lim vazirining buyrugi 

 2020yil 13 mart 191-son

 

 

Bosh auditorning  asosiy funksiyalari:

  • Filialning byudjet, to‘lov-kontrakt va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shtatlar jadvallari, daromadlar va xarajatlar smetalarini amaldagi me’yoriy xujjatlarga mos ravishda tuzilishi, tasdiqlanishi va ularning ijrosini nazorat qilish;
  • Filialda to‘lov-kontrakt mablag‘larini shakllantirilishi, talabalardan to‘lov-konrakt mablag‘larini undirish hisobini yuritilishi, to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilishi, qarzdorliklar hisobining to‘g‘riligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qaroriga asosan Filialning rivojlantirish  jamg‘armasini  shakllantirilishi va  mablag‘lardan  foydalanish  tartibini  o‘rganish;
  • Ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘g‘ri xisoblanishi va to‘lanishini UzASBO dasturiy ta’minoti orqali monitoring qilib borish, shuningdek, dars soatlarini bajarilishi, xodimlar tomonidan ish xajmlarini bajarilishini o‘rganish;   
  • Tayinlangan stipendiya to‘lovlarini to‘g‘ri xisoblanishi va to‘lanishini birlamchi hujjatlar va UzASBO dasturiy majmualari orqali doimiy monitoring qilib borish;
  • Ish haqi, stipendiya va xizmat safari xarajatlarini plastik kartochkalar orqali to‘lanishini monitoring qilish;  
  • Naqd pul mablag‘larini kirim qilinishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishini nazorat qilish;
  • Xizmat safari xarajatlarini  birlamchi xujjjatlar asosida to‘g‘ri xisoblanishi va to‘lanishini doimiy monitoring qilib borish;
  • Filial ehtiyoji uchun byudjet, to‘lov-kontrakt va byudjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan asosiy vositalar, tovar (ish, xizmat)larni harid qilinishi, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazilishini monitoring qilish va imzolangan shartnomalar bo‘yicha shartlarning bajarilishini nazorat qilish;