Umumiy ma'lumot
Mehnatni muhofaza qilish va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari:
1. Mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.
2. Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoiti hamda o‘quv - tarbiya jarayoni bo‘yicha me’yoriy-texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.
3. Mehnat muhofazasi, o‘t o’chirish, radiatsiya xavfsizligi qoida va me’yorlariga amal qilishi va ular bajarilishini, xonadagi havoning shuningdek, atrof-muhitning holatini nazorat qilishni amalga oshirish.
4. Mehnat muhofazasi boshqarmasi tizimiga MIXX Davlat standarti, mehnat va o‘quv standartlarini joriy qilish.
5. Jarohatlanish, kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish
6. Mehnatni muhofaza qilish meyoriy hujjatlarni mehnatning xavfsizligi, standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.
7. Talabalar o’rtasida o‘quv-tarbiya jarayonini, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog‘lom sharoitini yaratish, baxtsiz hodisalar hamda filialda kasbiy kasalliklar oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish
8. Mehnat xavfsizligi talablari qattiqroq so‘raladigan ishlarni bajariladigan xodimlarning mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qishini, mehnat muhofazasi bo‘limi (byurosi) kasaba uyushmasi rahbarligida mehnat muhofazasi sohasida injener – texnik xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish.
9. Ishchi va xizmatchilarni maxsus poyabzal va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlash tartibi haqidagi yo‘riqnoma asosida maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa indvidual himoya vositalariga buyurtma tuzish va taqdim etishni tashkil etish
10. Sanitariya – epidemologiya stansiyalaridan olingan ma’lumotlar, asosan, vaqti – vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish kerak bo‘lgan shaxslarning nomma – nom ro‘yxatini tuzish.
11. Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda mehnat muhofazasining ahvolini ma’muriy – jamiyat nazorat qilish, mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat ko‘rigini o‘tkazish.
12. Injener – texnik xizmat xodimlarida ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va vaqtida tekshirish ma’suliyati, baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilish, ishlab chiqarishda jarohatning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqarish va amalga oshirishda ishtirok etish
13. O‘quv yurti bo‘yicha asbob – uskuna, mashina, mexanizm, ventilyatsiya tizimlari, elektr kuchlanish, isitish, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlarini tozalashga ko‘rsatmalar berish.
14. Mehnatni muhofoza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda bo‘lim va fakultetlarda yo‘l-yo‘riqlar berilishini nazorat qilish.
Fuqaro va mexnat muxofazasiga yuklatiladi:
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet Jizzax filiali fuqaro va mexnat muhofazasi shtabi va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda filial fuqaro va mexnat muhofazasi rejasini ishlab chiqish, ushbu rejani o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
- Boshqaruvni tashkillashtirish, aloqa va ogohlantirish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda professor – o‘qituvchi , talabalar va ishchi xizmatchilarni muhofazasini tashkillashtirish va yetkaziladigan zararlarni kamaytirish;
- Shaxsiy tarkibni maxsus kiyim va himoya vositalari bilan ta’minlash;
- Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda shaxsiy va jamoa himoya vositalari bilan ta’minlash;
- Favqulodda vaziyatlar paytida shaxsiy tarkibni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- Favqulodda vaziyatlar paytida evakuatsiya qilingan shaxsiy tarkibni xavfsiz hududga ko‘chiriladigan aholini yig‘ilish punktda joylashtirish va fuqaro muhofazasi rejasiga asosan boshqarishni tashkil qilish;
- Fuqaro muhofazasi tadbirlarini mukammal o‘tkazilishini tashkillashtirish;
- Filialda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi-xizmatchilarni, fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus mavzular asosida o‘qitilishini tashkillashtirish;
- Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari o‘tkazish va filialda o‘quv faoliyatini yaxshilash;
- Hozirgi kun talablari sharoitlarida fuqaro muhofazasi bo‘yicha hukumat talabnomalarini bilish;
- Fuqaro muhofazasi bo‘yicha huquqiy-me‘yoriy hujjatlar talablarini bilish;
- Filial fuqaro muhofazasi muhandisi o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bilish va amal qilish;
- Radiatsiyadan muhofaza qilish va uni o‘tkazish rejalarni ishlab chiqish va amalga tadbiq qilish;
- Aloqa va xabar berish ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
- Boshqaruv tarkibi, ishchi xizmatchilar va tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar paytida harakat qilishga o’rgatish;
- Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;