Umumiy ma'lumot
• Matbuot kotibi Filialning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita Filial direktoriga bo‘ysunadi.
Matbuot kotibi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyruqlariga amal qiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Filialning tarkibiy bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.