Umumiy ma'lumot
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, filial bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2001-yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, filial Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim filialda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va filial bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.
I.UMUMIY QOIDALAR
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi filial strukturaviy tarkibida alohida bo‘lim sifatida faoliyat ko‘rsatadi va filial direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi shtatlar jadvalida o‘zining strukturasiga, pog‘onama-pog‘ona bo‘ysinuvchi kadrlar va belgilangan vazifalarni bajaruvchi alohida shtatlarga egadir.
Bo‘limni boshqarish va bo‘limning ishi uchun javobgar shaxs bo‘lim mudiri hisoblanadi.
Bo‘lim filial strukturaviy tarkibida moddiy va ma’naviy jihatdan ma’sul sanaladi.
II. BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI.
Bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
2.1. Oliy ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Apparati topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, famoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, topshiriqlarining vazirlik tarkibiy bo‘linmalari, oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
2.3. Filialda elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi.
2.4. Filialda ijro nazoratini tashkil etishda metodik rahbarlik qiladi.
2.5. Nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, barcha tarkibiy bo‘linmalar va filialda ijro intizomi ahvolini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi, kamchiliklar to‘g‘risida filial direktorini xabardor qiladi.
III.BO‘LIMNING XUQUQLARI.
3.1. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni filialning direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim va markaz boshliqlari, dekanlar va kafedra mudirlaridan belgilangan tartibda so‘raydi va oladi.
3.3. Hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimining dasturiy-texnik kompleksini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda, filial direktor o‘rinbosarlarini zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda jalb etadi, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tuzish ishlarini tashkil etadi.
3.4. Zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralarini ko‘rish yuzasidan filial direktoriga taklif kiritadi.
IV. NAZORAT QILISH
Bo‘limning asosiy nazorat etish faoliyati quyidagilardir:
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlaydi.
3.8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan bajarish muddatlari asosida hujjatlar ijrosini nazorat qiladi.
3.9. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari ijrosi yuzasidan 3-4-jadvallar asosida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlaydi.
3.10. Vazirlik tarkibiy bo‘linmalarining yarim yillik, yillik ish rejalarini umumlashtiradi, ularning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi.
3.11. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni amalga oshiradi.