Umumiy ma'lumot
Umumiy ma'lumot
Xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma talim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 qo‘shma talimi asosida 2 ta talim yo‘nalishlari mavjud. Bugungi kunda Psixologiya” (3+1), “Mintaqaviy iqtisod” (3+1) yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Bo‘lim faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlarini tashkil etish;
· yetakchi xorijiy oliy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;
· xodim va talabalarning xorijda o‘qishi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, tajriba almashishi, malaka oshirish va stajirovka o‘tash kurslarida ishtirok etishi, shuningdek talabalarning akademik almashinuvini ta’minlashga ko‘maklashish;
· yetakchi xorijiy oliy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlarining amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislarini taklif etishga ko‘maklashish, hamda filialga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish;
· filialning fakultetlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash.