Onlayn tanlovlar talaba yoshlarni, ezgulikka chorlaydi!



Qadrli talabalar, vaqtingizdan unumli foydalangan holda quyidagi tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin:

 

1. Tanlav nomi:  “Yangi O‘zbekiston-mening nigohimda” videoroliklar tanlovi; 

a) davomiyligi 1-3 daqiqalik; 

b) format MPEG-3-4;

v) o'lchami 720r (1280x720) yoki 480r (854x480);

g) hajmi 100 megabaytgacha bo‘lishi kerak.

videoroliklar filial yoshlar yetakchsi @Bobur_Nomurodov telegramiga 18-yanvargacha  yuboriladi.

videoroliklarga kanal a'zolari tominidan 18-22-yanvar kunlari ovoz berish yo'li bilan g'oliblar aniqlanadi.

 

2. Tanlov nomi: “Faol mahallalarda, inson qadri ulug‘lanadi” mavzusida eng yaxshi maqola tanlovi: 

Taqdim etiladigan maqolalar  2 betdan kam,  10 betdan ko‘p bo‘lmasligi, Times New Romanda 14 shriftda  1,15 interval shaklda yozilgan bo‘lishi kerak.

Barcha maqolalar filial yoshlar yetakchisi  @Bobur_Nomurodov manziliga  elektron shaklada 20-yanvarga qadar  taqdim etiladi. Ijodiy ishlarda  talabaning  kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 

G'oliblar filialda tashkil etilgan Hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

3. Tanlov nomi: “Sur’atlarda aks etgan, Vatan!” mavzusida eng yaxshi rasm tanlovi;

- Tanlov shartlari: 

A-3 formatli plakatga rangli holatda bo'lishi kerak, 

Rasmlarda yurtimizning tarixi, bugungi kuni, tabiati, buyuk shaxslarning Vatan ravnaqi yo‘lida qilgan sa’y harakatlari,  ochib berilgan bo'lishi kerak.

o‘ziga xoslik, obrazlilik, hissiylik, ifodaviylik darajasiga e'tibor beriladi;

Rasmlar filial yoshlar yetakchisi  @Bobur_Nomurodov telegramiga, muallif o'zi chizgan rasmni qo'lida ko'rsatib turgan holda 23-yanvarga qadar  taqdim etiladi. Ijodiy ishlarda  talabaning  kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 

G'oliblar filialda tashkil etilgan Hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi. 

 

🔴🔴 Har bir tanlovda ishtirokchi talabalar o‘z ijodiy ishlarining yaratilish jarayonini videotasvirga olib (ijodiy ish haqiqatdan ham ishtirokchi talaba tomonidan yaratilganligini isbotlash uchun) @Sarvar_Suvonov va @Bobur_Nomurodov telegramiga yuborilib turiladi. Jarayonlar telegram kanllarida yoritib boriladi: Ijodiy ish jarayonlarini yubormagan talabalrning bergan materallari hakamlarga taqdim etilmaydi.  

 

🏆 Har bir tanlov g'oliblari I, II, III darajali diplom, 500 yuz ming so'm, 300 yuz ming so'm, 100 ming so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 

Gʼoliblar filialning @uzmujizzaxfiliali va   "Yoshlar ittifoqi"ning , @UzMUJF_Y_I_BT telegram kanallarida hamda filial web saytlarida eʼlon qilinadi.

✍️Unutmang vaqt oliy neʼmatdir. Bundan unumli foydalanish barchamizning qo'limizdadir. Barcha talabalarga omad yor boʻlsin