“Web of science”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘gʻrisida”gi
2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorining 1-ilovasi 43-bandiga muvofiq oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining “Web of science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanish imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Clarivate” kompaniyasining “Web of science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan ro‘yxatdan o‘tish va uch yil muddatga bepul foydalanish imkoni berildi.
www.webofscience.com havola orqali web of Science bazasidan roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish mumkin. Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasidan roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma ilova qilinadi.