Umumiy ma'lumot
“Biotexnologiya” kafedrasi “Amaliy matematika” fakulteti tarkibida 2020 yildan bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan.
Kafedra iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali biotexnolog mutaxassislar tayyorlab berishda respublikamizdagi tayanch mutaxassislik kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra tasarrufida Biotexnologiya, Mikrobiologiya, Sanoat mikrobiologiya, Biokimyo laboratoriyalari mavjud.
Kafedra kimyo, biokimyo, genetika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi bo‘yicha salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
“Biotexnologiya” kafedrasi o’zining ta’lim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador texnologiya asosida olib boradi. Bu esa o’z navbatida, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari (OTM), ilmiy tadqiqot institutlari (ITI) va ishlab chiqarish korporatsiyalari bilan uzviy munosabatda bo’lishini ta’minlaydi. Kafedrada bakalavr, bosqichida kadrlar tayyorlanadi.
Innovatsion ta’lim va fan texnologiyalari qo’llanilib va doimiy ravishda yangilanib, shuning bilan birgalikda kafedrada mavjud ilmiy yo’nalishlar muntazam rivojlantirilib kelinmoqda. Ishlab chiqarish va tegishli sanoat korxonalari bilan doimiy hamkorlik yuqori ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yosh kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri hisoblanadi.
KAFEDRA MUDIRLARI FAOLIYATI
• 2020 yildan b.f.b (Phd) A.I.Oʻralov rahbarlik qilib kelmoqda.
KADRLAR TAYYORLASH
Hozirda kafedrada 60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda:
Ushbu bakalavr yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi zamon bilan hamnafas, ilg’or rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu sohani tamomlagan kadrlar biotexnologiya, biokimyo, genetika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, bo‘yicha ilmlarni egallab, zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar hamda sanoatning biotexnologiya, oziq-ovqat va shu kabi ko’plab boshqa sektorlarida o’z faoliyatlarini davom ettira oladilar.
Bizning talabalarimiz ishlab chiqarish va ilmiy tekshirish institutlarida ishlab chiqarishdagi mikrobiologiya va biotexnologiya jarayonlarni oʻrganish uchun eng zamonaviy sharoitlarga ega ta’lim va fan uyg’unlashgan xonalarida mashg’ulotlar olib boradilar. Tegishli mutaxassislik fanlaridan a’lo baholarga o’qiydigan haqiqiy iqtidorli va bilimli talabalar muntazam ravishda rag’batlantirilib boriladi.
Talabalar haftasiga 30 soatlik auditoriya mashg’ulotlariga ega bo’lib, baholash har semestrning oxirida amalga oshiriladi. 2021-2022 o’quv yilidan boshlab Evropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul’ tizimi asosida ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shaklida olib borilmoqda.
Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25 — 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi.
Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada o‘qish muddati kamida 2 yil bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi.