MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Umumiy ma'lumot

“Xorijiy tillar” kafedrasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti tasarrufida 2021-yil 29-oktabrdagi 3-son Filial Kengashining qaroriga asosan tashkil etilgan boʻlib, 2021-2022 oʻquv yilidan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlari va Filial Kengashi qarorlari, filial direktorining buyruqlari hamda kafedra Nizomi asosida oʻz faoliyatini boshlagan.

“Xorijiy tillar” kafedrasida quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha ish olib borildi: o‘quv ishlari, ilmiy-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, tashkiliy-uslubiy ishlar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va sport ishlari, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasidagi boshqa ishlar. Ushbu faoliyat turlari bo‘yicha kafedra 2022/23 o‘quv yilida samarali faoliyat olib bordi. Kafedrada vazirlikning, filial direktorining buyruq va ko‘rsatmalarini, Filial kengashi va filial ilmiy-uslubiy kengashi qarorlarining bajarilishi ta’minlandi.

Kafedra filialda mavjud Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) hamda boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan saboq berish bilan o‘quv jarayonida ishtirok etadi.

2023/2024 o‘quv  yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 602301000 Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishining bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish  bo‘yicha jami: 75 nafar talaba qabul qilishi reja qilingan ulardan 20 nafari davlat granti asosida, 55 nafari to'lov shartnoma asosida qabul qilishi reja qilingan

 

 

Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi talabalari haqida MA’LUMOT

Talabalar soni

Xalqaro va milliy sertifikatlari haqida ma’lumot

C1

B2

B1

1.

1-bosqich

81

-

56

2

2.

2-bosqich

91

1

23

1

3.

3-bosqich

63

2

11

1

4.

4-bosqich

88

9

28

1

Jami:

323

12

118

5

Kafedrada professor-o'qituvchilar tomonidan quyidagi fanlar o'qitiladi:

Ikkinchi xorijiy til

O'qituvchi nutq madaniyati

Nazariy fonetika va nazariy grammatika

Stilistika

Lingvomadaniyatshunoslik asoslari

Chog'ishtirma tilshunoslik

O'rganilayotgan til amaliy aspektlari

Tillar o'qitish metodikasi

Angliya adabiyoti

Lug'atshunoslik

Akademik o'qish amaliyoti

Interfaol metodlar orqali ingliz tilini o'qitish

Amerika adabiyoti

Semantikaga kirish

Qadimgi britaniya adabiyoti

Og'zaki nutq qobiliyatini rivojlantirish

O'rganilayotgan til amaliy aspektlari

Ikkinchi xorijiy til

Madaniyatlararo muloqot

Mamlakatshunoslik

Leksikologiya

O'zbekiston o'lkashunosligi

Oav tili

Roman-german filologiyasiga kirish

Og'zaki nutq amaliyoti

O'qish va yozish amaliyoti

Amaliy grammatika va fonetika

Xorijiy til (ingliz tili)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirlar

       Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining Talabalar turar joyida ''Xorijiy tillar'' kafedrasi professor-o'qituvchilari va bir qator talabalar tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar ingliz va o'zbek tillarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Shundan so'ng, Navoiy qalamiga mansub g'azal va ruboiylar, mashxur asarlaridan parchalar taqdim etildi. Shuningdek, shoir hayotidan parcha ham sahna ko'rinishi orqali ko'rasatib berildi, tadbir so'ngida yoshlarning bilimini sinovdan o'tkazish va mustahkamlash maqsadida savol-javoblar o'tkazildi va g'olib talabalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

 

Kafedraning tarkibi va ilmiy salohiyati

Kafedraning ilmiy-pedogogik kadrlari sifati, tarkibi, yoshi, ilmiy salohiyati bo‘yicha belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichlarga javob beradi. Kafedraning 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quv yuklamasi bo‘yicha shtat birligi 14,75 ni tashkil etib, 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi. Ulardan 3nafari fan doktori, professor bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 20 foizni tashkil etadi. Kafedarda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hozirgi kunda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy rahbarlari bilan o‘zlari tanlagan ilmiy ish mavzulari asosida tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafedraning ilmiy faoliyati