MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yoshlar psixologiyasi

Umumiy ma'lumot

    Kafedra faoliyatida asosiy vazifalar:

- barcha o‘quv shakllari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

- talabalarning mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

-talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha dts, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- iqtidorli talabalarni  tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “el-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish; 

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim jarayonini rivojlantirish;

- xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

- talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- filial axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.

 

Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalishi:

    Yurtimizda psixologik bilimdonlikni yanada oshirish, psixologik trammalarni oldini olish va jamiyatni tashkil etuvchi barcha kichik,  katta guruhlarda sog‘lom psixologik muhitni rivojlantirish hamda saqlab qolishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish.

   Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayorlanadi: 60310900-Psixologiya (yoshlar  psixologiyasi), 5210205-Psixologiya (yoshlar psixologiyasi), 60310900-Psixologiya (oila psixologiyasi), 5210204-Psixologiya (oila psixologiyasi), sirtqi 60310900- Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), sirtqi 60310900-Psixologiya (amaliy psixologiya), sirtqi 5210200-Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha). Quyidagi ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi: 70310901-Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi)

Kafedra tarkibi

    Kafedra tarkibi: kafedra mudiri, PhD., dots. v.b B.Norbekova, prof., S.Usmonov, dots., N.Alimov,  PhD., dots. v.b. U.Ibaydullayeva,  katta o‘qituvchilar O.Ravshanov, A.Komilova, F.Abdurasulov, assistentlar G.Arakulov, U.Yusupov, S.Yo‘ldoshev, M.Adilova  va stajyor-o‘qituvchilar S.Qarshiboyev, S.Maxmudova, X.Anorboyevlar.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar va o‘quv-uslubiy ishlar

   Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun  Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya”, “Eksperimental psixologiya”, “Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya”, “Yoshlar bilan ishlash psixotexnologiyasi”, “Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Umumiy psixodiagnostika”, “Yuridik psixologiya”, “Psixologik trening asoslari”, “Destruktiv xulq psixologiyasi”, “Kasb psixologiyasi”, “Salomatlik psixologiyasi”, “Iqtidorli bolalar psixologiyasi”, “Pedagogik psixologiya va psixologiyani o'qitish metodikasi”, “Sotsial psixologiya”, “Yoshlar bilan guruhiy ishlash metodlari”, “Eksteremal vaziyatlar psixologiyasi”, “Shaxs kamoloti bo‘yicha trening”, “Etnopsixologiya”, “Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

   Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan magistratura mutaxassisligi 70310901-Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi)ga “Tatbiqiy yuridik psixologiya va praktikum”, “Zamonaviy psixologiyada  miqdor va sifat tadqiqot metodlari”, “Testologiya”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”, “Oilada psixologik maslahat va psixoterapiya, “Addiktiv xulq-atvor psixologiyasi”, “Oilaviy munosabatlarni o‘rganish metodlari”, “Oilada zo‘ravonlik vaziyatlarida psixosotsial yordam” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

Fan doirasida o‘quv adabiyotlarni yaratish borasida, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. xususan, professor S.Usmonov tomonidan “Zamonaviy psixologiyada  miqdor va sifat tadqiqot metodlari”, PhD, dotsent v.b. U.Ibaydullayeva  tomonidan “Oila psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi, PhD, dotsent v.b. B.Norbekova tomonidan “Addiktiv xulq-atvor psixologiyasi”  darsligi va “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

  Kafedraning 3 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. Kafedra mudiri, PhD, dotsent v.b. B.Norbekova psixologiya fanlari doktori, professor B.M.Umarov ilmiy maslahatchiligida O‘smirlarda etnopsixologik xususiyatlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik komponentlari ilmiy mavzusida;

   Kafedra dotsenti v.b. PhD, U.Ibaydullayeva psixologiya fanlari doktori, akademik G‘.Shoumarov ilmiy maslahatchiligida Ozbek oilalarida er va xotin o‘rtasidagi nizolarning muammolari va ularning yechimlari ilmiy mavzusida;

  Kafedra katta o‘qituvchisi, A.Komilova psixologiya fanlari doktori, professor R.Abdurasulov ilmiy maslahatchiligida Bo`lajak pedagoglarda pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish muammosi ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda.

   Kafedrada ayni vaqtda ilmiy salohiyat 30 foizni tashkil qiladi. 

 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtidorli talabalar blan ishlash borasida rejali ishlar  amalga oshirilmoqda. natijada, iqtidorli talabalar tomonidan xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkazilgan turli tanlovlar va olimpiadalarda faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritilmoqda.