O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktorining 2021-yil 11-sentabrda “Talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishda adolat, halollik va oshkorolikni ta’minlash mexanizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 242-AF- sonli buyrug‘i qabul qilingan. Ushbu buyruqga asosan birinchi navbatda talabalar turar joyiga quyidagi mezonlar asosida qabul qilinishi inobatga olingan. Jumladan:
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talaba
- kam ta’minlangan oila farzandlari;
- to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan (chin yetim);
- “Temir daftar”ga tushgan oila farzandi;
- yuqoridagilar inobatga olingan xolatda 1 bosqich talabalariga mezonlardan tashqari ustunlik beriladi.
Talabalar turar joyida joylashgan talabalarga quyidagi imtiyozlar bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 16-dekabrdagi 4/18-2/6-471-son topshiriq xati ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktorining 2021-yil 01-yanvardagi 19 AF buyrug‘i bilan filialda taxsil olayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘qish davrida yetim bo‘lib qolgan bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) talabalar turar joyidan vaqtincha foydalanganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilingan;
Shuningdek filial talabalar turar joyida turuvchi I nogironligi bo'lgan talabalar uchun bepul, II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun 50% chegirma va qolgan talabalar uchun to‘lov miqdori bir joy uchun 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m etib belgilangan edi. Yangi 2023-2024 o‘quv yilidan talabalar turar joyi uchun to‘lov miqdori 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m etib belgilandi.
Talabar onlayn ariza topshirib Talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng har bir talaba bilan shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzilgandan so‘ng 48 soat ichida bir oylik to‘lov miqdorini amalga oshirishi shart. Aks holda talaba bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi.