MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!

⭕️#uchrashuv

⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!

🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori O.Turakulov hamda direktor maslahatchisi N.Abduraxmonov TIF O‘zmilliybank AJ Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari N.Islamov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuvning asosiy maqsadi — ikki tashkilot o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish. Suhbat davomida: filial talabalarini bankda amaliyotga yuborish, filial hududida Milliy bankning alohida burchagini tashkil etish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🔹Bu hamkorlik natijasida talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, kelajak kasbiy faoliyatlari uchun mustahkam poydevor qo‘yishadi. Shu bilan birga, bank va oliygoh o‘rtasidagi aloqalar yoshlarni ishbilarmonlik va moliya sohasida qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytiradi.

🔺Filial direktori O.Turakulov ta’kidlaganidek:

"Mazkur kelishuv yoshlar uchun ilmiy-amaliy platforma yaratadi, ularning kasbiy malakasini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi."

🔹Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan yangiliklar ham muhokama qilindi.

🔹Xususan: “Kelajakka qadam” loyihasi orqali bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, stajirovka yoki sinov muddati bilan ishga qabul qilingan yoshlarga stipendiya joriy etilgani, yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

🔹Ushbu hamkorlik kelgusida nafaqat filial talabalari, balki butun Jizzax yoshlarining yangi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!

| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |



24.10.2025

⭕️#Zhengzhou #live ⭕️O‘zbekiston turizm salohiyati jahon miqyosida targ‘ib etilmoqda! 🔺21–25-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi......

24.10.2025

⭕️#qalqon ⭕️Talabalar xavfsizligi doim e’tiborda! 🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining Yoshlar bilan ishlash, ma......

24.10.2025

⭕️#sayohat ⭕️Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining poydevori! 🟢Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining “Ps......

24.10.2025

⭕️#kasbhunar ⭕️Talabalar uchun kasb-hunar markaziga sayohat 🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Yoshlar bilan ishlash......

24.10.2025

⭕️#tadbir 🔺O‘zMU Jizzax filialida “Xavfsiz kibermakon” targ‘ibot tadbirlari 🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filial......

24.10.2025

⭕️#mehrliyurak ⭕️“Keling, birgalikda ezgulik yo‘lida bir qadam tashlaylik!” 🔺Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filial......

24.10.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yana bir yutuq sari! 🟢Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan Stritbol sport turi bo‘yicha vil......

24.10.2025

⭕️#o'rganish ⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori O.Turakulov hamda direktor maslahatchisi M.Xaydarov filial h......

24.10.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yana bir yutuq sari! 🟢Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan yengil atletika sport turining 4x1......

24.10.2025

⭕️#ttj #live ⭕️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida istiqomad qiladigan talabalar tomonidan "Talabalar hay......