MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

21-Oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining bayram tabrigi
 

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni bugungi muhim sana - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Til-faxr va iftixordir. U muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, insonning ichki olamini ifodalaydi, dunyoni teran idrok qilishiga ko‘maklashadi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beradi. Shuning uchun ham yer yuzida rivojlanayotgan har qanday davlat o‘z tilining mavqesini yuksaltirishga intiladi.

Milliy til davlatning rivoji, qolaversa uning millat sifatida dunyo tamaddunida o‘z munosib o‘rinni egallashi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk tariximiz va ajdodlarimizning merosi ham aynan ona tilimiz orqali bizgacha yetib kelgan.

Bugun ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Tilimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish nafaqat ushbu kunni munosib nishonlash, balki tilning sayqallanishi, sof o‘zbek tilining avlodlarimizgacha yetib borishiga o‘z hissamizni qo‘shish bilan namoyon bo‘ladi, desak adashmagan bo‘laman.

Barchamizga maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunida o‘zbek tilining davlat tili ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat faoliyatida davlat tiliga oid bilimlarni o‘zlashtirishi, bilishi va uning masʼuliyatini his etishi lozim.

Aziz hamkasblar va talaba yoshlar !!

Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli kun - O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Xalqmiz dasturxoniga fayz-baraka, barchangizga sog‘liq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


OʻzMU Jizzax filiali direktori, prof, O.Turakulov

 
 
24.10.2025

⭕️#Zhengzhou #live ⭕️O‘zbekiston turizm salohiyati jahon miqyosida targ‘ib etilmoqda! 🔺21–25-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi......

24.10.2025

⭕️#qalqon ⭕️Talabalar xavfsizligi doim e’tiborda! 🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining Yoshlar bilan ishlash, ma......

24.10.2025

⭕️#sayohat ⭕️Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining poydevori! 🟢Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining “Ps......

24.10.2025

⭕️#kasbhunar ⭕️Talabalar uchun kasb-hunar markaziga sayohat 🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Yoshlar bilan ishlash......

24.10.2025

⭕️#tadbir 🔺O‘zMU Jizzax filialida “Xavfsiz kibermakon” targ‘ibot tadbirlari 🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filial......

24.10.2025

⭕️#mehrliyurak ⭕️“Keling, birgalikda ezgulik yo‘lida bir qadam tashlaylik!” 🔺Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filial......

24.10.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yana bir yutuq sari! 🟢Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan Stritbol sport turi bo‘yicha vil......

24.10.2025

⭕️#o'rganish ⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori O.Turakulov hamda direktor maslahatchisi M.Xaydarov filial h......

24.10.2025

⭕️#tabriklaymiz ⭕️Yana bir yutuq sari! 🟢Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan yengil atletika sport turining 4x1......

24.10.2025

⭕️#ttj #live ⭕️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida istiqomad qiladigan talabalar tomonidan "Talabalar hay......