MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Ilmiy faoliyat

Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali asosiy shtatida 82 nafar, shundan 26 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy salohiyat 31.7 foizni tashkil etadi. Filialda 2019-2022 yillar davomida jami 4 nafar o‘qituvchi falsafa doktorligi (PhD) ilmiy darajaga erishgan, 3 nafar o‘qituvchi dotsent ilmiy unvonini va 3 nafar o‘qituvchi professor ilmiy unvonini olgan.

2021 yil davomida Filialda respublika miqyosidagi 3 ta konferensiyalar tashkil etildi. Ushbu konferensiyalarda 321 ta tezislar muhokama qilingan, xorijiy OTM dan 54 nafa etakchi olimlar ishtirok etishgan.

2022-yil 13-14-may kunlari o‘tkazilgan respublika ilmiy-texnik anjumani 265 ta ilmiy maqola va tezislar kelib tushdi va nashr qilindi. Shulardan 157 tasi filial professor-oʻqituvchilarining ilmiy maqolalari va tezislarini tashkil qiladi.

Filialda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha umumiy nashrlar soni 561 tani tashkil etmoqda.

Filialda xalqaro hamkorlik doirasida dunyo reytingida etakchi o‘rinni egallagan nufuzli xorijiy OTMdan  7 nafar  malakali mutaxassislar o‘quv jarayoniga jalb qilingan.

Filial olimlari tomonidan Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim tashkilotlari, ilmiy muassasalar va markazlar bilan jami 8 ta xo‘jalik shartnomalaridan 24 534 000 soʻm mablagʻ kelib tushgan. Filial professor-oʻqituvchilari tomonidan homiylik hisobidan 11 950 000 soʻm mablagʻ kelib tushgan. Bundan tashqari, filial professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻquv yili davomida trening-kurslar, oʻquv kurslaridan 9 225 200 soʻm mablagʻ kelib tushgan.

Filialda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari asosida qiymati 1 595 000 000 soʻmlik innovatsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Filialning yosh olimlari, tadqiqotchilari, iqtidorli talabalari totmonidan umumiy qiymqti 743 mln so‘mlik bir nechta innovatsion, amaliy va Start-up loyihalari amalga oshirilgan.

Filial professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan 2019-2022 yillar davomida jami 32 ta dasturiy mahsulotlar yaratilgan va ular uchun O‘zR Intellektual Mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomalari olingan.