Umumiy ma'lumot
Bo‘limning vazifalari va funksiyalari:
- filialda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- oliy ta’lim tizimida ”Korrupsiyasiz soha“ loyihasini filial miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
- filialda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- filialda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
- filialda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
- filialda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jixatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- filialda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqadi.
Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
filialda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti xujjatlar, shuningdek, Vazirlik Xay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;
filialda ”Korrupsiyasiz soha“ loyihasini amalga oshiradi;
filialning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-xarakatlaridagi korrupsiyaviy xavf xatarlar va huquqbuzarliklar xaqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;
filialda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
filial xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
filialning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
filial faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, O‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
filialning rasmiy veb-saytida ”Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaidi;
har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda filialdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida direktorga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
Bo‘limning huquqlari va javobgarligi:
filialga ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;
filialning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan taxliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida filial xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur hollarda ishchi guruhlar tashkil etish;
filialning Kengash majlisi yig‘ilishlarida ishtirok etish;
filial direktoriga komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritish;
vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, filialning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;
o‘z faoliyati doirasida filialning tarkibiy bo‘linmalariga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berish;
bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish" rubrikasi
281-28.06.2021 bo'lim va talaba yoshlar klubi nizomi
373-son buyruqning 1-ilovasi. Korrupsiyaga qarshi kurashish
373-son buyruqning 2-ilovasi. Kordinator
373-son buyruqning 3-ilovasi. Manfaatlar to'qnashuvi
373-son buyruqning 4-ilovasi. Xavf-xatar yo'riqnomasi
443-son buyruqning 2-3 ilovalari
443-son buyruqning 4-5-6 ilovalari
443-son buyruqning 7-8-9 ilovalari
O'RQ-931 Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida
Oliy ta'lim vazirligining 373-son buyrug'i
Oliy ta'lim vazirligining 443-son buyrug'i
PQ-210 Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida
Xizmat tekshiruvi o'tkazish tartibi
Korrupsiyaga qarshi kurashish 373-son buyrug'i va nizomning mazmun mohiyati