MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Umumiy ma'lumot

Xalqaro hamkorlik bo‘limi haqida 

Bo‘lim faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

· Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlarini tashkil etish;

· yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;

· xodim va talabalarning xorijda o‘qishi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, tajriba almashishi, malaka oshirish va stajirovka o‘tash kurslarida ishtirok etishi, shuningdek talabalarning akademik almashinuvini ta’minlashga ko‘maklashish;

· yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlarining amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislarini taklif etishga ko‘maklashish, hamda filialga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish;

· filialda mavjud xalqaro shartnoma va memorandum bitimlarini tahlil etish va nazorat qilish;

· hukumatlararo va idoralararo bitimlar, filial tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar va xorijiy oliy o‘quv yurtlari, tashkilotlari bilan individual tuzilgan bitimlar (shartnomalar) asosida chet ellik fuqarolar malakasini oshirish va filial o‘qituvchi, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirishni tashkil etish;

· filialning fakultetlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi hozirgi kunga qadar 10 dan ortiq Xorijiy Oliy Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.

1. J.Balasagna nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti  4-yil muddatga

2. Rossiya Federatsiyasining L.Tolstoy nomidagi Tula davlat pedagogika universiteti 5-yil muddatga

3. Rossiya Federatsiyasining Voronej davlat universiteti 10-yil muddatga

4. Rossiya Federatsiyasining Kozon federal universiteti  5-yil muddatga

5. Qirg‘iziston Respublikasining A.Mirsanbekov nomidagi Osh davlat pedagogika universiteti 5-yil muddatga

6. Rossiya Federatsiyasining B.N.Yelsin nomidagi Ural federal universiteti 5-yil muddatga

7. Rossiya Federatsiyasining Omsk davlat pedagogika universiteti 5-yil muddatga

8. M.Auezov nomidagi Janubiy Kozog‘iston universiteti 5-yil muddatga

9. Rossiya Federatsiyasining Davlat iqtisod, moliya, xuquk va texnologiyalar instituti 5-yil muddatga

10. Qozog‘iston Respublikasining Jubanov nomidagi Aktobe Mintaqaviy universiteti 10-yil muddatga

Bundan tashqari universitetimiz Jizzax Politehnika instituti,A.Qodiriy nomidagi Jizzax Pedagogika Universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

 

 

    Filialda bugungi kunda 12 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Filialda dunyoning TOP 1000 taligiga kiruvchi Rossiyaning Qozon federal universiteti bilan 3+1, 1+3 va 1+4   shaklda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi qo‘shma oʻquv dasturlari amalga oshirilmoqda:

- psixologiya;

- mintaqaviy iqtisodiyot;