Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2024
Uslubiy ta'minot
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2024
Uslubiy ta'minot
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2024
Uslubiy ta'minot
E'lonlar
Test tizimidagi yangilik va yengilliklar, amaliy ishlar xususida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbat eʼlon qilindi.
Unda Karimov kelgusi yilgi rejalarni maʼlum qilingan.
«Kelgusi rejalar xususida. Avvalo, 2021/2022 oʻquv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi boʻlsa ham, oʻzgarishlar boʻladi. Masalan:
birinchidan, oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish (bunda toʻplagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi va oʻqishga kirish imkoniyati keskin oshadi);
ikkinchidan, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasiga kiruvchi umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat berish tizimini amaliyotga joriy etish (bunda abituriyent joriy etilgan chet tili fanlaridan sertifikat berilishi kabi abituriyent boshqa umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat olishi va u oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishda hisobga olinishi yoʻlga qoʻyiladi);
uchinchidan, chet tillarni bilishni baholash boʻyicha koʻp darajali test tizimini joriy etish (bunda talabgor sinovlarda bir marta ishtirok etib, mos darajalardan biriga ega boʻladi);
toʻrtinchidan, Xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda test sinovlarini tashkil etish va xalqaro sertifikatlarni berishni yoʻlga qoʻyish (bunda xalqaro tajriba oʻrganiladi, amalda tatbiq etiladi va talabgorlarning ishlari xalqaro baholash mezonlari asosida baholanadi);
beshinchidan, test sinovlarini oʻtkazuvchi yetakchi markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish (bunda Davlat test markazi test topshiriqlarini shakllantirishdan to tashkiliy ishlarni amalga oshirishga qadar bu kabi muassasalar bilan hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalar ishlab chiqishi, xalqaro ekspertlar ishtirokida treninglar oʻtkazishi, eng maqbul usul va shakllarni joriy etishi mumkin);
oltinchidan, test sinovlarida ishtirok etadigan guruh nazoratchilarini tanlash va tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish (bunda Davlat test markazining rasmiy saytida alohida sahifa ochilib, nazoratchilar tanlovini yil mobaynida amalga oshirish, onlayn tayyorlash va saralash ishlari yoʻlga qoʻyiladi).
– Ha, buning ham oʻziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018-yilgacha abituriyentlar bor-yoʻgʻi faqat bitta taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin edi. 2019-yilda bu koʻrsatkich 3 ta ni, 2020-yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan taʼlim yoʻnalishini tanlashni anglatmaydi va bunday oʻzgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qatʼiy nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari doirasida amal qiladi.
Bu oʻzgarish ham abituriyentlarning oʻqishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi», dedi Karimov.
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar