Yangiliklar
Abiturientlarga imtihon kuni harakatlanish boʻyicha yoʻriqnoma
Imtihon kuni abiturientlar qanday harakatlanishi boʻyicha yoʻriqnoma.
Yoʻriqnoma (fayl mavjud emas)DTM ning rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtish boʻyicha yoʻriqnoma
DTM sayti orqali roʻyxatdan oʻtish qadamlar.
Yoʻriqnoma (fayl mavjud emas)JAVOBLAR VARAQASINI TOʻLDIRISH NAMUNASI
Javoblar varaqasini qanday toʻldirish kerakligini koʻrsatuvchi namuna.
Faylni koʻrishAbiturientlar uchun javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma
Javoblar varaqasini toʻldirishda yoʻl qoʻyilmaslik kerak boʻlgan xatolar va toʻgʻri usullar.
Yoʻriqnoma (fayl mavjud emas)Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
- savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish;
- test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish va test materiallarini topshirish;
- test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;
- nuqsonli materiallar haqida guruh nazoratchisiga xabar berish;
- javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish;
- familiya, ism, otasining ismini yozish va imzo qo‘yish;
- javoblar varaqasi raqamini to‘g‘ri ko‘chirib yozish;
- maxsus kod va muassasa kodini to‘g‘ri ko‘chirib, doirachalarni bo‘yash.
Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar:
- javoblar varaqasini havo rang pastali ruchka bilan to‘ldirish;
- varaqani bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik;
- javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish;
- test topshiriqlariga mos doirachalarni to‘g‘ri bo‘yash;
- materiallarni tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish.
Test topshiriqlari o‘quv dasturiga mos bo‘ladi. Har bir fan 30 tadan testni o‘z ichiga oladi. 30 ta testga 1 soat, 60 taga 2 soat beriladi. Har testda 4 ta javob: A, B, C, D. Faqat bitta javob belgilanishi mumkin. Qoidalar buzilsa ball berilmaydi.
Test vaqtida chiqqan abituriyent qaytadan kiritilmaydi. Sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar mustasno.
Quyidagi holatlarda testdan chetlashtiriladi:
- taqiqlangan vositalarni olib kirish yoki foydalanish;
- test materiallarini boshqalarga uzatish yoki yordam berish;
- test materiallarini yirtish, tashqariga olib chiqish;
- test topshirmaslik, vaqt tugaganda topshirmaslik;
- videokuzatuvda qoidalarga amal qilinmagani aniqlansa.