MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Qabul nizomi

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to'g'risida NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

1

Ushbu Nizom «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom harbiy ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2

Oliy ta'lim muassasalari qabulni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to'lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.

3

Oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi (keyingi o'rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko'ra to'plangan ballarning reyting tizimi bo'yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to'lov-kontrakt bo'yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to'plagan abiturientlarning davlat grantlari bo'yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta'minlanadi.

4

Test sinovlari uch tilda — o'zbek, rus, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi oliy ta'lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o'tkaziladi.

5

Ayrim ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'qitish tojik, qozoq, turkman va qirg'iz tillarida olib boriladigan ta'lim yo'nalishlariga qabul ko'p balli tizimi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot

Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to'g'risida NIZOM

Magistraturaga qabul oliy ta'lim muassasalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to'lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Batafsil ko'rish