MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Filial talabalari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850 son farmoni va Filial direktorining 2022-yil   19-oktabrdagi 185-AF buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Filial talabalari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan talabalar 2022-yil 4-noyabr kuni soat 15:00da Filialning 406-xonasiga kelishlari so‘raladi.

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi!

Murojaat uchun telefon: +99894 575-44-84 X.Ibragimov