Yangiliklar
“O‘ZBEK TILI VA IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi 2025-yil avgust oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalishi: Jamiyatda ijtimoiy bilimlarni keng targ‘ib qilish, o‘zbek davlatchiligi tarixi va uni davrlashtirish, ijtimoiy himoya masalalari, shuningdek, ma’naviy-ahloqiy rivojlanish, sog‘lom avlodni tarbiyalashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish etib belgilangan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati”, “Tadbirkorlik huquqi”, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”, “Akademik yozuv”, “Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik”, “Tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik” va “Jismoniy madaniyat va sport” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari)” sirtqi ta’lim yo‘nalishiga mutaxassislik fanlaridan mashg‘ulotlar olib boriladi.
Ushbu fanlar doirasida o‘quv adabiyotlarni yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, s.f.n., dots. O.Hakimov tomonidan “Zamonaviy sotsiologiya va uning taraqqiyot istiqbollari” nomli, O.Hakimov va O.Ortiqovlar tomonidan “O‘zbekistonda ijtimoiy deviantlik sabablarini o‘rganish omillari” nomli, L.Sindorov va X.Ibragimovlar tomonidan “Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik” nomli va X.Ibragimov va X.Buranovalarning “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” nomli o‘quv qo‘llanmalari va DSc, dots. M.Boltayevaning “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan o‘quv qo‘llanmasi, shuningdek “Falsafa” hamda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanlaridan darsligi chop etilgan.
Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishi ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, jumladan, quyidagi professor-o‘qituvchilar:
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlash borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, iqtidorli talabalar tomonidan xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkazilgan turli tanlovlar va olimpiadalarda faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritilmoqda.
YO‘NALISHLAR
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida kafedraga tegishli 60920100- Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi mavjud bo‘lib, u fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalla va qishloq fuqarolar yig‘ini, sog‘liqni saqlash sohasi tizimlarini, moliya va iqtisodiyot sohasi tizimlarini, ta’lim sohasi tizimlarini, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi tizimlarini hamda ijtimoiy ta’minot sohasi tizimlari majmuini qamrab oladi.
60920100-Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat kasbiy faoliyatlarining turlari:
Kasbiy kompetensiyalar:
TALABALAR KONTINGENTI
Kafedra tarkibida 60920100-Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) bakalavriat (sirtqi) ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda 2 ta (4-5) kurs talabalari tahsil olmoqda. Jami talabalar soni 94 nafarni tashkil etadi.
Ushbu yo‘nalish, ya’ni 60920100-Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) ta’lim yo‘nalishi talabalari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalla va qishloq fuqarolar yig‘ini, sog‘liqni saqlash sohasi tizimlarini, moliya va iqtisodiyot sohasi tizimlarini, ta’lim sohasi tizimlarini, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasi tizimlarini hamda ijtimoiy ta’minot sohasi tizimlari majmuini qamrab oladi.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI
Bugungi kunda kafedra tarkibi quyidagicha: kafedra mudiri, PhD, dots. B.Nasirov, PhD, dots. L.Sindorov, PhD, dots. X.Ibragimov, PhD, dots. E.Mallayeva, s.f.n., dots. O.Hakimov, DSc, dots. M.Boltayeva, dots. Sh.Fayzullayev, katta o‘qituvchi O.Ortiqov, assistentlar S.Mamanova, X.Bo‘ronova, D.Tolliboyev, A.Tashbayev, I.Xosilmurodov, Sh.Nazarovlar, stajor-o‘qituvchilar B.Aliqulov, S.Aliyeva va L.Abduvohidovalar kafedrada faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada ayni vaqtda ilmiy salohiyat 38 foizni tashkil qiladi.
HAMKORLIK ALOQALARI
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi bugungi kunda Qozog‘iston Respublikasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Kazan federal universiteti va respublikadagi bir qator OTMlari bilan o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarida hamkorlik qilib kelmoqdalar.