Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Xalqaro bo'lim
Yangiliklar
⭕️Hamid Olimjon tavalludining 116 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi
⭕️Bugun Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali o‘qituvchi va talabalari ishtirokida jizzaxlik shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 116 yilligiga bag‘ishlangan “Shodlik va sevgi kuychisi” nomli adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
🔺Mazkur tadbir yoshlar orasida milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, Hamid Olimjon ijodini keng targ‘ib etish hamda badiiy-estetik tafakkurni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
🔺Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova, kitobxonlar klubi a’zosi Vasila Kamoljonova ishtirok etib, shoir ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, uning betakror she’riyati va dramaturgik merosi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
🔺Kechaning badiiy qismida Hamid Olimjonning dilbar, hayot va muhabbatga yo‘g‘rilgan she’rlari talaba yoshlar tomonidan ilhom bilan ijro etildi, kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🔺Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar va tashabbuskor yoshlar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat bo‘limi hamda axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar