MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Endi abituriyent 5 ta emas, cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi — DTM direktori

Test tizimidagi yangilik va yengilliklar, amaliy ishlar xususida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbat eʼlon qilindi.

Unda Karimov kelgusi yilgi rejalarni maʼlum qilingan.

«Kelgusi rejalar xususida. Avvalo, 2021/2022 oʻquv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi boʻlsa ham, oʻzgarishlar boʻladi. Masalan:

birinchidan, oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish (bunda toʻplagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi va oʻqishga kirish imkoniyati keskin oshadi);

ikkinchidan, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasiga kiruvchi umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat berish tizimini amaliyotga joriy etish (bunda abituriyent joriy etilgan chet tili fanlaridan sertifikat berilishi kabi abituriyent boshqa umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat olishi va u oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishda hisobga olinishi yoʻlga qoʻyiladi);

uchinchidan, chet tillarni bilishni baholash boʻyicha koʻp darajali test tizimini joriy etish (bunda talabgor sinovlarda bir marta ishtirok etib, mos darajalardan biriga ega boʻladi);

toʻrtinchidan, Xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda test sinovlarini tashkil etish va xalqaro sertifikatlarni berishni yoʻlga qoʻyish (bunda xalqaro tajriba oʻrganiladi, amalda tatbiq etiladi va talabgorlarning ishlari xalqaro baholash mezonlari asosida baholanadi);

beshinchidan, test sinovlarini oʻtkazuvchi yetakchi markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish (bunda Davlat test markazi test topshiriqlarini shakllantirishdan to tashkiliy ishlarni amalga oshirishga qadar bu kabi muassasalar bilan hamkorlik boʻyicha qoʻshma loyihalar ishlab chiqishi, xalqaro ekspertlar ishtirokida treninglar oʻtkazishi, eng maqbul usul va shakllarni joriy etishi mumkin);

oltinchidan, test sinovlarida ishtirok etadigan guruh nazoratchilarini tanlash va tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish (bunda Davlat test markazining rasmiy saytida alohida sahifa ochilib, nazoratchilar tanlovini yil mobaynida amalga oshirish, onlayn tayyorlash va saralash ishlari yoʻlga qoʻyiladi).

– Ha, buning ham oʻziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018-yilgacha abituriyentlar bor-yoʻgʻi faqat bitta taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin edi. 2019-yilda bu koʻrsatkich 3 ta ni, 2020-yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan taʼlim yoʻnalishini tanlashni anglatmaydi va bunday oʻzgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qatʼiy nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari doirasida amal qiladi.

Bu oʻzgarish ham abituriyentlarning oʻqishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi», dedi Karimov.

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar bo'lib o'tmoqda. ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti t......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqalari tashkil etildi ⭕️O‘zbekiston Respublikasi Pr......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......

28.07.2025

⭕️ #live ⭕️Ayni vaqtda Jizzax viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilay......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🔔 Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ta’limning bakalavr, magistratura hamda sirtqi ta......

28.07.2025

⭕️#dolzarb90kun Ilm-fan, innovatsiya va hamkorlik sari yana bir dadil qadam! 🟢O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining profe......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Bitiruvchi bandligi – 2025” ⭕️Ayni vaqtda, Jizzax politexnika institutida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ......

28.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ "Yosh biotexnologlar" to‘garagi ⭕️Bugungi to‘garak mashg‘uloti ilm-fan, tajriba va kelajak haqidagi......

27.07.2025

2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshir......

10.07.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyati......