MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

"Davr lideri" mavzusida seminar bo'lib o'tdi



 Bugun O'zMU Jizzax filialida Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich Tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning shaxsiy rivojlanishi uchun Jizzax viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bo’lim boshlig’i Musurmonov Otabek bilan "Davr lideri"  mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

 O'z ustida ishlab rivojlanishga qaratilgan taqdimotlar ushbu seminar-treningda olib borildi. 

 Uchrashuv davomida talabalar kreativlikni shakllantirish, vaqtni to'g'ri taqsimlash, uyatchanlikni yo'qotish shaxsiy o'sishga erishish mavzularidan ma'lumotlarga ega bo'lishdi va o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

© Filial Axborot xizmati