MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

17-noyabr – ''Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining bayram tabrigi

Qadrli Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali  talabalari!

 

Barchangizni bugungi 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

 

    Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshman.

Bugungi kunda davrning o‘zi Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘lgan yoshlar jamiyatning muhim qatlami ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yuqori salohiyatli, ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, azmu shijoatli, iqtidorli yigit-qizlarning o‘z sohasida, jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalarining respublika va jahon miqyosida erishayotgan yutuqlari tahsinga sazovor. Joriy yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining bir qator talabalari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sovrindori bo‘ldi.

Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.

 Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish va yetuk salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshman.

 

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori, prof,             

 

                                                                                                             O.Turakulov        

 

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......

26.08.2025

⭕️#yarmarka ⭕️Jizzax viloyatida ''Bo'sh ish o'rinlari'' mehnat yarmarkasi o'tkazildi. ✅ Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti hududi......

26.08.2025

⭕️#hashar 🌿 Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki 🌿 “Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq......

26.08.2025

⭕️#suhbat #texnikum ⭕️Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2024/2025-o'quv yillarida Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bi......

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......