Iqtidorli talabalar
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektorning tarkibi:
Sektor muhandisi: Qozoqboyeva Guliston Nasritdinovna
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori tomonidan filialda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni dastlabki kursdanoq aniqlash indikatori ishlab chiqilgan. Saralash natijalariga ko‘ra 3-kursda jami 28 nafar talaba, shundan “Amaliy matematika” fakultetida 12 ta “Psixologiya” fakultetida 16 nafar talaba iqtidorli talabalar ro‘yxatiga kiritilgan. 2-kurslarda jami 83 nafar talaba: shundan “Amaliy matematika” fakultetida 40 nafar, “Psixologiya” fakultetida 43 nafar talaba iqtidorli talabalar sifatida ro‘yxatga kiritilgan.
Har bir kafedrada to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan faol talabalar ishtirok etib kelishmoqda.
Filialda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish hamda Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi iqtidorli yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyish etishlariga ko‘maklashish maqsadida filialning malakali professor-o‘qituvchilariga iqtidorli talabalar biriktirilgan.
Iqtidorli talabalarning o‘z ustida ishlashlari va aniq maqsadlarini belgilab olish uchun biriktirilgan ilmiy rahbar hamkorligida 1 yillik “Maqsadli tayyorlash dasturi”ni ishlab chiqilgan bo‘lib, yil yakuni bo‘yicha hisobot topshirish belgilab qo‘yilgan.
Iqtidorli talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida filialda “Web dasturlash” va “Yosh dasturchi” to‘garaklari tashkil etilgan va unga filial talabalari jalb qilingan.
Joriy yilning mart oyida iqtidorli talabalar uchun "Al-Xorazmiy izdoshlari" va "Yosh dasturchilar-hakatoni" nomli ichki olimpiada o‘tkazildi. Iqtidorli talabalarning xalqaro konferensiyalarda hamda seminarlarda doimiy ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari telekanallarda doimiy ravishda yoritilib kelinmoqda.
Filialning iqtidorli talabalarining shu vaqtga qadar xalqaro va davriy jurnallarda, milliy konferensiya va anjumanlarda 120 dan ziyod ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgan.
2021-yil noyabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginng 470-sonli buyrug‘i asosida filialdi “Yil talabasi-2021” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi va g‘oliblar hujjatlari respublika bosqichidan o‘tib, g‘oliblar aniqlandi. Tanlov g‘oliblari belgilangan tartibda mukofotlandi. “Yil talabasi-2021” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichigachaga etib borgan talabalar orasidan har bir nominatsiya bo‘yicha 5tadan talaba o‘z nominatsiyasi bo‘yicha bellashdi.2022-yil 20-yanvar kuni Talabalar o‘z loyihalarini ZOOM orqali taqdimot ko‘rinishida namoyish etishdi. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 103-19 guruh talabasi Abdugʻaniyev Axror Shavkat o‘g‘li Respulika miqiyosida faxrli 1-o'rinni egalladi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 103-19 guruh talabasi Raxmatov Dilmurod Rustam o‘g‘li Respulika miqiyosida faxrli 3-o'rinni egalladi.