MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Talabalar turar joyi

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu «Nizom» 2005-yil 9-apreldagi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari Fani bo‘yicha» maxsus metodologik komissiya qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2005-yil 18-maydagi 107-sonli «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida milliy istiqlol g‘oyasini talabalar ongiga singdirishda ta‘lim jarayoni, ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyat va ta‘limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida ishlab chiqildi.

2. Filialga uzoq shahar va viloyatdan kelib, ta‘lim olayotgan talabalarni vaqtincha yashash joyi bilan ta‘minlash maqsadida «Talabalar turar joyi» tashkil etiladi.

3.Talabalar turar joyi boshqaruvi mazkur Nizom asosida filial rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega bo‘lib, Talabalar turar joyining ma‘muriy, xo‘jalik, ma‘naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.

4. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa to‘garaklarga qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.

5.Talabalar turar joyining moddiy texnik ta‘minoti, uni kapital va joriy ta‘mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko‘rpa-to‘shak,  yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta‘mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta‘minlash, kommunal-xo‘jalik xizmatlari (issiq va sovuq suvta‘minoti, kanalizatsiya, issiq suv trubalarini ta‘mirlash) va boshqa shart-sharoitlar filial ma‘muriyati tomonidan ta‘minlanadi.

6. Talaba joy olishi uchun fakultet dekani yoki o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Ma‘naviy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, fakultet yetakchisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tavsiya etiladi. Mazkur ariza o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, Talabalar turar joyiga joylashish o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va kasaba uyushmasi ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.

7. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta‘sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olishishlari Boshqaruv (mudir) va pasportist(ka) tomonidan tashkil etiladi.

8. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog‘lomlashtirishishlari va Talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik filial direktoriga yuklatiladi.

9. Talabalar turar joyiga filial ishchi-xizmatchilari, begonalar, talabaning oila a‘zolarini joylashtirishi qat’iyan man qilinadi.

10. Talabalar turar joylarida yashash uchun to‘lov miqdori filial ilmiy kengashi qarori bilan belgilanadi.

II. TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

1. Talabalar turar joyida yashovchilarning huquqlari quyidagilardan iborat;

- O‘ziga ajratilgan xonada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda yashash;

- Talabalar turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;

- Foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta‘mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so‘rab rahbariyatga murojaat qilish;

- Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;

- Yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma‘muriyatiga takliflar bilan chiqish;

- Talabalar kengashining a‘zolarini saylash va unga saylanish;

- Talabalar kengashi orqali talabalar turar joyining maishiy ta‘minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlarni va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash bo‘yicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.

2. Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

-Ichki tartib qoidalarga qat’iy amal qilish;

-Ma‘muriyat bilan tuzilgan o‘zaro mas’uliyat to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;

-Navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylaridan navbatchilik qilish, dam olish joylaridan namunali tozalikni ta‘minlash;

-Elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;

-Yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;

-Xonadoshlar hamda Talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo‘lish;

-Qavat sardorlari, talabalar kengashi raisi topshiriqlarini bajarish;

-Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va hakozolar) namunaviy darajada tutish;

-Umumiy foydalanish joylarida o‘rnatilgan yoritkichlar, elektrplitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma‘naviyat va ma‘rifat xonalari jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish;

-Elektr va gaz plitalaridan tejab foydalanish, qo‘l bola elektr isitkich asboblaridan foydalanmaslik;

-Jadval bo‘yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanish joylarini (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqa) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o‘z vaqtida chiqarib, tashlash;

-Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan hashar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam, faol qatnashish;

-Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki ta‘tilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlarni va xona kalitini Talabalar turar joyi boshqaruvi mudirga topshirish;

-Bitiruv malakaviy ishlarini tugallagandan so‘ng yoki filialdan chetlatish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni bir hafta muddat ichida talabalar turar joyi boshqaruvchisi raisiga topshirish.

-Bitiruv malakaviy ishlarini tugallagandan so‘ng yoki filialdan chetlashtirish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni bir hafta muddat ichida Talabalar turar joyi boshqaruvi raisi (mudir)ga topshirish.

-Talabalar turar joylaridagi yashash xonalari va zallarida maxsus oyoq kiyimi (tapochkalarda) yurish.

3. Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi:

- Talabalar turar joyi boshqaruv raisining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chib o‘tish;

- Yashash xonasida kir yuvish;

- Xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko‘chirish;

- xonadagi elektr tarmoqlarini o‘z xohishicha o‘zgartirish va qo‘shimcha yoritkich o‘rnatish;

- Devorlarga turli rasmlar chizish, har xil qog‘ozlar yopishtirish;

-Ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini xona tashqarisidan yuqori eshtilishi, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;

-Elektr isitkichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;

- Begona odamga tunab qolish uchun joy berish;

-Spirtli ichimliklar, sigaret va nos chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish va saqlash, sotish taqiqlanadi.

4.Talabalar turar joyi hayotida faol ishtirok etayotgan namunaviy xulqli talabalar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi;

- Minnatdorchilik bildiriladi;

- Maqtov yorlig‘i bilan;

- Esdalik sovg‘alar bilan moddiy rag‘batlantiriladi.

5. Talabalar turar joyi ichki tartib qoidalarini buzganlarga nisbatan quyidagi choralar ko‘riladi;

- Ogohlantiriladi;

- Talabaningota-onasi bilan suhbat o‘tkaziladi;

- Hayfsan e’lon qilinadi;

- Talabalar turar joyidan chiqariladi;

- Filial direktoriga talabalar safidan chiqarish bo‘yicha taklif kiritiladi;

- Talabalar o‘z turar joylarida foydalanib kelayotgan mol-mulkka bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni, agar zarur bo‘lsa uni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan kuchlar, noreal xo‘jalik tavakkalchiligi oqibatida, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofa kelib chiqqan bo‘lmasa to‘lashi shart.

III. FILIAL MA'MURIYATINING MAJBURIYATLARI

1. Direktor, direktor o‘rinbosarlari, dekanlar, komendantlar Talabalar turar joyi tozaligi, sanitariya holati, talabalar turar joyida yashovchilarning daxlsizligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligi uchun mas’uldirlar.

2. Filial ma‘muriyatining majburiyatlari:

- Talabalar turar joyida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta‘minlash;

- Talabalar turar joyini tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta‘minlash;

- Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan tadbirlar va madaniy-ommaviy ishlarni hamda sport musabaqalarini o‘tkazishni ta‘minlash;

- Talabalar turar joyini joriy ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish;

- Talabalar turar joyida yashash sharoitlarini tegishli me’yorlar asosida jihozlar bilan ta‘minlash;

- Talabalar turar joyida faoliyat yurituvchi shaxslarni zaruriy ish o‘rinlari bilan ta‘minlash;

- Talabalar turar joyida yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va qayta tug‘ilmasligini oldini olishdan iborat.

3. Filial ma‘muriyati talabalar turar joyiga alohida mas’ul etib talabalar turar joyi boshqaruv raisini tayinlaydi.

IV. TALABALAR TURAR JOYI FAOLIYATI VA BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH.

1. Talabalar turar joyining texnik va me’yoriy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun shaxsan direktor mas’uldir.

2. Talabalar turar joyida o‘quv zali, ma‘naviyat va ma‘rifatxonasi, dam olish (ota-onalar) xonasi, gigiyena xonasi, tarbiyachilar xonasi, hojatxona, yuvinish xonasi, dush tashkil etilishi lozim.

3. Talabalar turar joyida kutubxona filiali tashkil etiladi va reja asosida o‘z faoliyatini olib boradi.

4.Talabalar turar joyidagi oshxonalar elektrplitalari, stol-stul, suv tarmog‘i, sanitariya jihozlari bilan ta‘minlanishi hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi shart.

5. Talabalar turar joyidan foydalanish, me’yoriy-axloqiy tartiblarga rioya qilinishini ta‘minlash, talabalarga qulay sharoit yaratish maqsadida Talabalar turar joyining boshqaruvi tashkil etiladi. Boshqaruv tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar filial shtat birliklari doirasida shakllantiriladi. Namunaviy shtat birligida ko‘zda tutilmagan xodimlar jamoatchilik asosida ishga jalb etiladi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat:

-Boshliq (mudir);

-xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir -(Boshqaruv raisi o‘rinbosari);

-Pedagog-tarbiyachilar va boshqalar;

-Talabalar Kengashi raisi (Boshqaruv raisi o‘rinbosari);

6. Talabalar turar joyi boshqaruvini tashkil etish, olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish mas’uliyati direktor zimmasiga yuklatiladi.

7. Talabalar turar joyi boshqaruvining shtat birligini ta‘minlash, ish haqini belgilash, xodimlarni ishga jalb etish, ular tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishini nazorat qilish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish va ijtimoiy himoya qilish hamda istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida tashkiliy, xo‘jalik, huquqiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish mas’uliyati tegishli direktor o‘rinbosari, filial direktori tomonidan olib boriladi.

8. Talabalar turar joyi boshqaruvi tarkibidagi barcha xodimlar filial direktori tomonidan tayinlanadi. Boshqaruvning yillik ish rejasi filial o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va har yarim yilda o‘z faoliyati bo‘yicha ilmiy Kengashga hisobot beradi.

V. TALABALAR TURAR JOYI BOSHQARUVI RAISI (MUDIR)NING VAZIFALARI.

1. Boshqaruv raisi Talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib boradi.

2. Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali bo‘lishi shart.

Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

-Talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi;

-joriy yilda olib borgan faoliyati bo‘yicha har yarim yilda filial Ilmiy Kengashiga hisobot beradi;

-Talabalar turar joyi boshqaruvidagi lavozimlarga shtat birliklari asosida xodimlar va ishchilarni tanlaydi, ishga qabul qilish va ishdan ozod etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;

- Talabalarni xonalarga joylashtirish;

- Sanitariya me’yorlarining bajarilishini ta‘minlaydi;

-O‘rinlarni talabaning jinsi, fakultetlar bo‘yicha taqsimotini belgilaydi, ular haqidagi umumiy ma‘lumotlar banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, o‘z ma‘lumotlari bilan filial rahbarlarini doimo xabardor etib turadi;

-Talabalar turar joyining moddiy-texnik ta‘minotini tahlil etadi,ehtiyoj va talablar asosida zarur materiallar, jihozlar uchun buyurtmalar beradi;

-Talabalarning yashashi, dars tayyorlashi va dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

-Pasport tizimini, Talabalar turar joyiga kirib-chiqish qoidalarining qat’iy bajarilishini ta‘minlaydi;

- Pedagog tarbiyachilar faoliyatini tashkil etadi;

- Doimiy navbatchilikning uzluksizligini ta‘minlaydi;

- Haftalik yig‘ilishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, Talabalar turar joyiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

-Nazoratchilar guruhi faoliyatini tashkillashtiradi hamda «Mahalla posbonlari», «Yosh posbonlar» bilan hamkorlikda ishlashni ta‘minlaydi;

- Talabalar bo‘sh vaqtini foydali mehnat bilan to‘ldirishni amalga oshiradi.

VI. XO'JALIK ISHLARI BO'YICHA MUDIRNING VAZIFALARI.

1. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir faoliyatini bevosita boshqaruv raisi yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

2. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimiga tayinlanadigan shaxs oliy ma‘lumotli, kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

-Talabalar turar joyi va uning hududidagi xo‘jalik ishlarini olib boradi;

-Talabalarni zarur bo‘lgan qattiq va yumshoq mebellar, xona jihozlari, yuvinish vositalari bilan ta‘minlaydi;

-Mavjud xo‘jalik muammolari va kamchiliklarni boshqaruv raisi bilan birgalikda bartaraf etadi;

-Xonalarni, o‘quv xonasini zarur jihozlar va vositalar bilan ta‘minlab turadi;

-Talabalar turar joyi xududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya ishlarini amalga oshiradi;

-Talabalar turar joyining sovuq va issiq suv, elektr energiyasi bilan ta‘minlashni nazorat qiladi, yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanadi, kamchiliklarni bartaraf etadi;

-Xona jihozlari (choyshablar, yostiq jildlari, ko‘rpa to‘shak, sochiqlar)ni davriy ravishda almashtirilishini amalga oshiradi;

-Tegishli hududdagi ekologiya, atrof muhit tozaligi, daraxtlarni parvarishlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib boradi;

-Tegishli hududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlarni ishlashini ta‘minlaydi;

-Xavfsizlik va yong‘in xavfsizligiga oid ishlarini amalga oshiradi; -sanitariya xonalari (gigiyena xonasi, dush, hojatxona) faoliyatini nazorat qiladi; - xo‘jalik sohasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar, farrosh, vaxtyor, elektrik, santexnik, bog‘bon va boshqalarning faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi.

VII. TALABALAR TURAR JOYIDA NAVBATCHILIK QILADIGAN NAVBATCHI O'QITUVCHINING VAZIFALARI

1. Navbatchi o‘qituvchi filial direktorining buyrug‘iga (jadvaliga) asosan qat’iy reja asosida belgilanadi va navbatchilik vaqti kech soat 18.00 dan ertalab soat 8.00 gacha bo‘lgan vaqtni (navbatchi o‘qituvchi soat 20:00 dan 20:40 gacha ovqatlanishi mumkin) o‘z ichiga oladi. 

-Navbatchi o‘qituvchi filial direktori va fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan jadval yoki buyruq bo‘yicha belgilangan kuni navbatchilikka kelishi shart;

-Navbatchi o‘qituvchi talabalar turar joyiga kelganda avvalo talabalar turar joyi Kengashi raisi yoki TTJ mudiri(komendanti) hamroxligida umumiy holat, tartib intizom bilan tanishib chiqishi shart; 

-Navbatchi o‘qituvchi navbatchilik paytida kamida bir marotaba talabalar istiqomat qilayotgan xonalarni ko‘zdan kechirib, talabalar holidan xabar olishi, agarda talabalar tomonidan biror bir e’tiroz, taklif yoki muammolar bo‘lsa, ushbu muammo va takliflarni og‘zaki yoki yozma holatda fakultet dekaniga yoki ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlariga yetkazishi shart.

-Navbatchi o‘qituvchi talabalar turar joyining Ma‘naviyat va ma‘rifat xonasida talabalar bilan uchrashib, o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib, muloqot, suhbat va savol-javoblar o‘tkazishi kerak. 

-Navbatchilik paytida biror noxush yoki ziddiyatli holat sodir bo‘lsa, zudlik bilan bu haqda Filial yoki fakultet rahbariyatiga xabar berishi shart.

-Navbatchi o‘qituvchi talabalar istiqomat qilayotgan xonalarning ozodaligi, talabalar turar joyining bezatilishi yuzasidan tegishli taklif va istaklar bildirishi mumkin. 

-Navbatchilik yakuniga yetganidan so‘ng navbatchi o‘qituvchi maxsus daftarga navbatchilik jarayonida qilgan ishlari, umumiy holat va mavjud kamchiliklarni aniq ko‘rsatgan holda yozib qoldirishi shart. (Ko‘rsatilgan kamchiliklar kun davomida komendant tomonidan bartaraf etilishi lozim). 

-Navbatchilik paytida sodir bo‘lgan har qanday holatga navbatchi o‘qituvchi tegishli shaxslar bilan barobar ravishda javob beradi va shunga mas’uldir. -navbatchi o‘qituvchi jadval yoki buyruq asosida navbatchilikka kelsada, navbatchilik qilganligi to‘g‘risida maxsus daftarga qayd etmasa, shuningdek, navbatchilik vaqti tugamasdan ketib qolsa, u holda o‘sha kuni navbatchilik qilmadi, deb hisoblanadi.

VIII. JAMOATCHILIK ASOSIDA JALB ETILAYOTGAN PEDAGOG TARBIYACHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH.

1.Pedagog-tarbiyachi filial direktori buyrug‘i asosida talabalar turar joyi boshqaruviga jalb etiladi.

2.Pedagog-tarbiyachi vazifasiga jalb etiladigan shaxs oliy pedagogik ma‘lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

3.Pedagog-tarbiyachi ma‘naviy-axloqiy tarbiya samaradorligi uchun mas’uldir. Pedagog-tarbiyachilarning ish vaqti smena asosida tashkil etiladi.

4.Pedagog-tarbiyachilarning ish rejasi va dasturini o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tasdiqlaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi hamda boshqaradi.

5.Pedagog-tarbiyachilar o‘z faoliyatini «Talabalar turar joyi pedagogtarbiyachilarning huquqiy maqomi va qoidalari» to‘g‘risidagi hujjat amalga oshiradi

6. Pedagog-tarbiyachining vazifalari:

-Talabalarning bo‘sh vaqtida talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish bo‘yicha dolzarb ma‘naviy, huquqiy, axloqiy mavzular bo‘yicha davra suhbatlari, treninglar va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi;

-Talabalar uchun sport-sog‘lomlashtirish seksiyalari faoliyatini tashkil qiladi;

-Sotsiologik-psixalogik so‘rovlar o‘tkazadi;

-Ijtimoiy-axloqiy muhitni nazorat qiladi;

-Talabalarning o‘zini-o‘ziboshqarish jarayonini tashkil etadi, ularning ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi;

-Milliy umumbashariy qadiriyatlarni targ‘ib etadi;

-Sportning (futbol, basketbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa) turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etadi;

-Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordam berish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

IX. TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALARNING O'ZINI-O'ZI BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

1.Talabalar turar joyida talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruvini shakillantirish va amalga oshirish maqsadida Talabalar kengashi (keyingi o‘rinlarda «Kengash» ) tashkil etiladi.

2. Kengash tarkibi umumiy ovoz berish orqali, talabalar tomonidan saylanadi. Talabalar boshqaruvi a‘zolari «yaxshi» va «a‘lo» baholarga o‘qiydigan, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan, mustaqil fikrlovchi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi shaxslar bo‘lishi lozim.

3.Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruvi demokratik asoslarga quriladi. Kengashning faoliyatini yo‘naltirish, muvofiqlashtirish ishlarini pedagog-tarbiyachilar amalga oshiradi.

4.Kengash raisi bir yil muddatga saylanadi.

5.Kengashning ish rejasi va dasturi kengash raisi tomonidan ishlab chiqilib, boshqaruv a‘zolari, pedagog-tarbiyachilar bilan muhokama qilinadi hamda o‘rnatilgan tartibda direktor tomonidan tasdiqlanadi.

6.Har bir bo‘linma va qavatda sardorlar saylanadi. Sardorlar yashovchilarning xonadagi mulkni, tozalik va tartib-intizomni saqlashni nazorat qiladi. Sardorlar Kengash qarorlariga asoslangan holda faoliyat olib boradi.

7.Kengash o‘z faoliyatini «Talabalar kengashi» haqidagi Nizom asosida tashkil etadi va olib boradi.

8.Talabalar quyidagi masalalar Kengash bilan kelishilgan holda hal etiladi:

- Ma‘muriyat tomonidan yashovchining bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chirilishi;

- Yashovchilarni rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish.

X. TALABALAR TURAR JOYLARIDA TARBIYAVIY ISHLAR:

Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlar filial faoliyatining ustuvor tarkibiy qismi sanalib, direktor rahbarligida tegishli bo‘limlar, jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshiriladi. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda shaxsan o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari mas’ul sanaladi. Talabalar turar joyi ma‘muriyati, dekanatlar, kafedralar hamda professor o‘qituvchilar tarkibi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni boshqaradi.

3.Talabalar turar joyida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar filialning maxsus ishlab chiqilgan rejasi asosida turli davlat va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda olib boriladi. Talabalar turar joylarida badiiy va texnik ijodiy havaskor to‘garaklar, sport va turistik seksiyalar hamda qiziqishlar bo‘yicha klublar, shuningdek, fan, san’at, adabiyot namoyondalari bilan uchrashuvlar, disputlar, tematik kechalar va bayram tadbirlari tashkil etiladi.

XI. TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHILARGA KO'RSATILADIGAN XIZMATLAR.

Talabalar turar joyida quyidagi xonalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

- Ma‘naviyat va ma‘rifat xonasi;

- O‘quv va dars tayyorlash xonasi;

- Kutubxona;

- Dam olish xonasi (ota-onalar xonasi);

- Gigiyena xonasi;

- Yuvinish xonasi;

- Buyumlarni saqlash xonasi;

- Oshxona;

- Sport zali va boshqalar;

XII. TALABALAR TURAR JOYI HOLATINI NAZORAT QILISH.

1. Talabalar turar joyi holati filial rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan maxsus reja asosida o‘rganib boriladi hamda uning natijalari Ilmiy Kengashlarda muhokama etiladi.

2. Talabalar turar joyi faoliyati ta‘lim muassasasining tegishli direktor o‘rinbosari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha vazifalarini amalga oshrish yuzasidan direktorga takliflar kiritadi.

3. Talabalar turar joyida bildirilgan mulohaza va fikrlarni yozish uchun qaydnoma daftari (1 nusxa muhrlangan) bo‘lishi lozim.

4. Talabalar turar joyida «Adolat qutisi» tashkil etiladi va yashovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar har haftada bir marta o‘rganib, muhokama qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar amalga oshriladi.

XIII.TALABALAR TURAR JOYIDA YASHAGANLIK UCHUN TO'LOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

1. Talabalar turart joyida yashash uchun talabalar tomonidan to‘lanadigan to‘lov miqdori har o‘quv yili boshida universitet Kengashining tegishli qarori asosida Kengash a‘zolarini umumiy ko‘pchilik ovozi asosida belgilanadi 

2. Fakultetda talabalarni TTJga joylashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi komissiyasi qaroriga asosan talabaga TTJda yashash uchun belgilangan yillik to‘lovning kamida50 % oldindan to‘lash bo‘yicha habarnoma beriladi va TTJda yashovchi tomonidan tegishli to‘lov amalga oshiriladi. 

3. Talaba talabalar turar joyida yashaganlik uchun belgilangan to‘lovning qolgan qismini ikkinchi o‘quv semestri boshlangan kundan boshlab 10 kun muddat ichida amalga oshirilishi lozim. 

4. Talaba tomonidan TTJda istiqomat qilish uchun to‘lovlarning birinchi qismi o‘z vaqtida to‘lab, qolgan qismini belgilangan muddatda to‘lamasligi uning TTJdan chiqarilishiga asos bo‘ladi. 

5. Fakultet dekanlari boshchiligida tashkil qilingan komissiyalar tavsiya qilingan talabalarning to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi hamda ijrosini ta‘minlaydi. 

6. Talaba tomonidan o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovning kamida ellik foizi to‘langandan so‘ng, byudjetdan tashqari mablag'lar bo‘yicha bosh hisobchi o‘rinbosari tomonidan TTJda istiqomat qilishga ruxsat beruvchi order beriladi. 

7. Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng 10 kunlik muddatda talaba tomonidan mablag'lar universitet hisob raqamiga o‘tkazilmagan taqdirda byudjetdan tashqarimablag'lar bo‘yicha bosh hisobchi o‘rinbosari tomonidan komissiyaga yozma murojat qilinadi hamda ushbu o‘ringa boshqa talabalarni joylashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. 8. Talabalar turar joyida istiqomat qilganlik uchun belgilangan to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi toifa talabalarga imtiyozlar beriladi:

- ko‘z kasalliklari bo‘yicha

- 1-2-guruh nogironlari uchun - bepul; 

- chin yetim talabalar uchun - bepul; 

- umumiy kasalliklar bo‘yicha 1-guruh nogironlari uchun - ellik foiz; 

- yarim yetim (ota-onalaridan biri vafot etgan) talabalar uchun - ellik foiz; 

- o‘z vazifasini namunali bajarib kelayotgan talabalar kengashlari raislari uchun ellik foiz; 

- o‘z vazifasini namunali bajarib kelayotgan qavat sardorlari uchun-ellik foiz; 

- Talabalar turar joyi kutubxonasi uchun mas'ul talabalar uchun - ellik foiz. Yuqorida ko‘rsatilgan talabalar toifasidan tashqari boshqa talabalarga TTJda istiqomat qilganlik uchun belgilangan to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilmaydi.

9. Talabalar kengashlari raislari hamda qavat sardorlariga imtiyoz berilgan taqdirda ushbu imtiyoz o‘quv yilning ikkinchi qismi uchun amal qiladi.

XIV. TALABALAR TURAR JOYINI MOLIYALASHTIRISH.

1. Talabalar turar joyi filialga ajratilgan mablag‘, byudjet, byudjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) tushadigan, tadbirkorlik asosida ishlab topilgan hamda talabalarning istiqomat qilishlari uchun to‘lanadagan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

2. Talabalar turar joyi shtat birliklari amaldagi filialning shtat birliklari asosida belgilanadi.

XV. NIZOMGA O'ZGARTIRISH, QO'SHIMCHALAR KIRITISH VA BEKOR QILISH.

1. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, kuchini yo‘qotgan deb topish Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buyrug‘i bilan amalga oshiriladi;

XVI.TALABALAR TURAR JOYIGA KIRIB CHIQISH TARTIBI

1.Talabalar turar joyiga kirish va chiqish talabalik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

2.Talabalar turar joyiga kirish yoki chiqishda ruxsatnoma talabalik guvohnomasi bilan birgalikda navbatchi eshikbonga hamda navbatchi-talabaga ko‘rsatilishi shart.

3. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarga yozgi vaqtda kech soat 22.00 va qishki vaqt kech soat 21.00 gacha Talabalar turar joyiga kirishga ruxsat beriladi. Darsdan bo‘sh vaqtlarda turli tashkilotlarda ishlaydigan talabalar ruyxati Talabalar turar joyi boshqaruvi tomonidan tuzilib va tasdiqlanib qo‘yiladi.

4.Talabalar turar joyiga kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do‘stlar va boshqa talabalarning kirish chiqishiga faqat boshqaruv raisi yoki pedagog-tarbiyachi ruxsat beradi.

5. Chetdan kelganlar haqida ma‘lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami ko‘rsatilgan holda) qaydnoma daftariga yozib qo‘yiladi va ularning yotoq xonadan soat 20:00 gacha chiqib ketishi qat’iy nazorat ostida bo‘lishi shart.

6. Talabalar turar joyi ichki va tartib-qoidalarini, kirish chiqish qoidasini buzgan talabalar ogohlantiriladi hamda rasmiy qayd etiladi, agar, bu holat yana qaytarilsa u talabalar turar joyida yashash huquqidan mahrum etiladi.

7. Talabalar turar joyi eshikboni, xodimlar va yashovchilar atrofida shubhali kishilar va buyumlarni ko‘rib yoki sezib qolganlarida zudlik bilan IIB tayanch punktiga xabar berishlari lozim.

8. Talabalar turar joyi eshikboni tashqi va ichki telefon tarmog‘i bilan ta‘minlanishi shart. Uning stolida tez yordam, IIB, yong‘in xavfsizligi, direktor, direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari elektr tarmoqlarining telefon raqamlari hamda Talabalar turar joyi boshqaruvi raisining ish va uy telefon raqamlari bo‘lishi shart.

XVII. TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHILAR AMAL QILADIGAN ICHKI TARTIB-QOIDALAR

1. Talabalar turar joyiga joylashishi order orqali amalga oshiriladi, order o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va kasaba uyushmasi ruxsati bilan beriladi.

2. Talabalar yashash davrida zaruriyat tug‘ilsa, belgilangan tartibda Talabalar turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

3. Talabalar turar joyida yashovchilar shaxsiy mulkdan foydalanishi maxsus qayd etish qog‘ozi orqali amalga oshiriladi va ularni ehtiyotlash foydalanishga olgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.

4. Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylariga navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta‘minlaydilar.

5. Elektr asboblaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiladilar.

6. Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketayotib, Talabalar turar joyi ma‘muriyatini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo‘yishlari kerak.

7. Kundalik ehtiyojga ega bo‘lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni Talabalar turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirilmagan buyumlar uchun Talabalar turar joyi ma‘muriyati javobgar bo‘lmaydi.

8. Talaba yashab turgan xonasini va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozim.

9. Hamxonalar va Talabalar turar joyida yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo‘lishi kerak.

10. Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma narsalarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali tutish talab etiladi.

11. Umumiy foydalanish joylarida o‘rnatilgan yoritgichlar, elektrplitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma‘naviyat va ma‘rifat xonalaridan to‘g‘ri foydalanish lozim.

12. Elektrplitalaridan to‘g‘ri hamda tejamli foydalanish, qo‘l bola elektr isitkich asboblaridan mutlaqo foydalanmaslik lozim.

13. Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashish lozim.

14. O‘qishni bitirgan talabalar ikki hafta ichida yashab turgan xonalarini bo‘shatishlari kerak.

XIX. TALABALAR TURAR JOYI PEDAGOG-TARBIYACHILARI FOALIYATINING HUQUQIY MAQOMI VA QOIDALARI.

1. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta‘lim-tarbiya sohasiga oid qabul qilingan Farmoni va qarorlarda belgilangan vazifalarni bajarilishini ta‘minlash, kelajak avlodni komil inson etib shakllantirish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ta‘lim muassasalarida yuqori malakali, zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.

2. Filial, fakultetlar va Talabalar turar joyida talaba yoshlarni o‘qish jarayoni va darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta‘sirchanligini ta‘minlash, Talabalar turar joyida ularni ijtimoiy foydali ishlar qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish, ularning ma‘naviy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o‘zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash Talabalar turar joyiga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilishni, turli yot mafkuraviy oqimlarning maqsadi va intilishlaridan ogoh etish, giyohvandlik, OITS kabi illatlardan saqlash buyicha tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

3. O‘zbekiston qahramonlari, deputatlar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, huquqshunoslar va turli kasb egalari bilan uchrashuvlarni olib borish, mulk va jihozlarni avaylash, yigitlar va qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, o‘zaro hurmatni, yuksak ma‘naviy fazilatlarni kamol toptirish kabi vazifalarni bajarish Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilar faoliyatining asosiy yo‘nalishidir.

XX. TALABALAR TURAR JOYI PEDAGOG-TARBIYACHILAR FAOLIYATINING ASOSIY QOIDALARI.

Pedagog-tarbiyachilarning ish vaqti ertalab soat 06:00 dan 08:00 gacha kech soat 16:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.Pedagogik-tarbiyachilar talabalar kengashi ishini tashkil etish va mas’uliyatini oshirishga ko‘maklashadi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda talabalar xulq-atvorini talabalar kengashi muhokamasiga qo‘yadi.Talabalar turar joyida ta‘lim-tarbiya jarayonini, qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni Talabalar turar joyi boshqaruv raisi va Filial rahbariyati e’tiboriga havola etadi.Talabalar turar joyida «Namunali xona» ko‘rigini o‘tkazish, g‘olib xonani rag‘batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi.Talabalar kengashi bilan hamkorlikda doimiy ravishda Talabalar turar joyida pasport va kirish-chiqish, shuningdek yong‘in xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha, xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib boradi.Talabalar turar joyida joriy etilgan tartib intizom va qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, axloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni Talabalar turar joyidan chetlatish bo‘yicha Talabalar turar joyi ma‘muriyati va fakultet dekanlari, direktor o‘rinbosarlariga ma‘lumotlar kiritadi.Talabalar turar joylarida o‘tkazilishi belgilangan tadbirlarni ta‘minlamagan professoro‘qituvchilar va kafedralar faoliyati bo‘yicha ularga ma‘muriy –tashkiliy choralar ko‘rish masalalarini qo‘yish huquqlariga ega.Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan ma‘naviy-ma‘rifiy, huquqiy, tarbiyaviy tadbirlar o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshirilishini e’tiborda tutishi lozim.

XXI. PEDAGOG-TARBIYACHILAR FAOLIYATINING ASOSIY MEZONLARI:

Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi, avvalo, talabalarning hurmat e’tiborlariniqozonishi, ularning eng yaqin sirdoshi va maslahatgo‘yiga aylanishi, quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lishlari lozim.Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari hayotiy tajribaga, ko‘p qirrali bilimga, ma‘naviy-ma‘rifiy sohada yuksak salohiyatga ega, o‘zini va o‘zgalarni hurmat qila bilishi, ruhan tushkunlikka tushmaslik, qiyinchiliklardan cho‘chimaslik, o‘rnak bo‘lish, talabalarni aniq maqsadlar sari yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.Pedagog-tarbiyachi o‘zini o‘ta mas’uliyatli va sharafli bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashga daxldor, uning kelajagi va kamolotiga hissa qo‘shuvchi shaxs sifatida bilishi lozim.

XXII.PEDAGOG-TARBIYACHILARNINGVAZIFALARI:

Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari quyidagilardan iborat:

- Talabalar ongiga insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy-ma‘naviy va umum insoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirib borish;

-Talabalar turar joyi «Ma‘naviyat va ma‘rifat» xonalarida «Ma‘naviy va ma‘rifiy ishlar» rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari va tantanali sanalarga bag‘ishlab ko‘zga ko‘ringan jamoat arboblari, olimlar yozuvchilar, shoirlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o‘tkazishda faol ishtirok etish, filial yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi bilan kelishilgan holda talabalarni muzeylar, teatrlar va ko‘rgazmalarga tashrifini tashkil etish;

-Talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq-tartibot organlari – prokuratura, sud va IIB xodimlari bilan filial rahbariyati tomonidan rejalashtirilgan uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta‘minlash;

-Talabalarni filial hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislar sifatida qo‘yilgan talablar bilan tanishtirib borish;

- Talabalar turar joyi mudiri bilan hamkorlikda har bir qavatda qavat boshlig‘ini tayinlash, tozalik, sanitar hamda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;

-Talabalar yashaydigan xonalarni o‘z vaqtida yumshoq jihozlar va choyshablar bilan ta‘minlash, ularni belgilangan muddatda almashtirilishini nazorat qilish, ulardan asrab-avaylab foydalanish kerakligini tushuntirib borish;

-Talabalar turar joyida joriy qonun qoidalarni bajarilishi filial, fakultetlar rahbarlari, Talabalar turar joyi komendanti ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etilish borasida talabalar bilan davra suhbatlari o‘tkazib borish;

-Talabalar turar joyidagi «Ma‘naviyat va ma‘rifat» xonalarida turli gazeta va jurnallar bo‘lishi, ularning saqlanishini nazorat qilish;

-Talabalar turmush tarzini doimiy kuzatib borish, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantirish, ozoda va tartibli xonalarni mukofatlashga tavsiya etish;

- Talabalar turar joyi bo‘yicha yashovchilar ro‘yxati, ular haqida to‘la ma‘lumotlar banki bo‘lishi, ularning sog‘ligi, ruhiy holati, ijtimoiy ahvolini o‘rganib borish va kam ta‘minlangan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish lozimligini rahbariyat oldiga qo‘yish, tegishli barcha ma‘lumotlarni kompyuter tizimiga kiritilishi bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash;

- ish jarayonida aniqlangan maishiy-xo‘jalik sohasidagi kamchiliklar nosozliklar, ya‘ni issiq va sovuq suv, yoritgichlar bilan ta‘minlash, umumiy foydalanish joylari va tartibbuzarliklar haqida Talabalar turar joyidagi alohida navbatchilikni qayd etish daftariga yozish va Talabalar turar joyi boshqaruv raisi (mudir) ga xabar berish kabi vazifalardan iborat.

MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI TALABALAR TURAR JOYIDA FAOLIYAT KO'RSATADIGAN TALABALAR KENGASHI NIZOMI

I. Umumiy qoidalar:

Talabalar kengashi Talabalar turar joyida yashovchi talabalar tomonidan saylanadigan yoshlarning o‘zini-o‘zi boshqarishga qaratilgan talabalar uyushmasi hisoblanadi.Talabalar kengashi a‘zolari Talabalar turar joyida yashaydigan, yaxshi va a‘lo baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan hamda bu sohada mustaqil fikr yurita oladigan, talabalar manfaatini himoya qilish salohiyatiga ega bo‘lgan faollar safidan demokratik asoslarda saylanadi.Talabalar turar joyida yashovchilarning faoliyatlarini birgalikda boshqarish, yashash va o‘sish sharoitlarini yaxshilash va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.

II. Talabalar kengashining asosiy vazifalari:

Talabalar Kengashining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:

- Talabalar turar joyida talabalarning yashash va o‘qish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni tashkil etish, madaniy dam olishlari, bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, darsdan bo‘sh vaqtlarida ishlab o‘z iqtisodiy sharoitini yaxshilashni istovchi talabalar uchun imkoniyatlar yaratishni tashkil etadi.

-O‘quv yili davomida Talabalar turar joyida uchrashuvlar, badiiy kechalar va talabalarning hayotiy faoliyatiga oid turli tadbirlar o‘tkazishni ta‘minlaydi;

-Talabalar turar joyida direktor tomonidan tasdiqlangan normativ qoidalarga rioya qilish, tartib intizom, ozodalikni yo‘lga qo‘yishni ta‘minlaydi va filial Nizomi qoidalarni buzuvchi talabalarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llanilishini yo‘lga qo‘yadi.

-Talabalar turar joyida tozalik, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun hasharlar uyushtiradi;

-Talabalar turar joyi faoliyatidagi muammolarni ommaviy axborot vositalar orqali yoritib borishga erishadi;

-Boshqa oliy ta‘lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalari, Talabalar turar joylari bilan hamkorlik o‘rnatadi;

-Talabalar turar joyi hududida bayramlarni shodiyona tarzida o‘tkazilishi bo‘yicha tashkilotchilik ishlarini olib boradi;

-«Yosh posbonlar» hamda Talabalar turar joyi joylashgan mahalla bilan hamkorlikda ishlashga, mahalla posbonlari ishini muntazam va samarali tashkil etishga ko‘maklashadi.

III. Talabalar kenagishning tashkiliy tuzilishi:

1. Talabalar kengashining ishi o‘zini-o‘zi boshqarish asosida barcha yo‘nalishlar bosqichlarda demokratik tashkil etiladi.

2.Talabalar kengashi faoliyatini kengash a‘zolari tomonidan bir yil muddatga saylangan rais boshqaradi.

3.Talabalar kenagashi raisining faoliyat ko‘rsatish maqomi ushbu Nizom asosida belgilanadi. Bu Talabalar turar joyi boshqaruv raisi o‘rinbosari hisoblanib, belgilangan tartibda rag‘batlantirilib boriladi.Kengash yig‘ilishi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari kengash yig‘ilishlari rais tomonidan chaqiriladi.

Kengash quyidagi masalalar doirasida faoliyat olib boradi:

1.Talabalar kengashi va fakultetlar talabalar kengashlarining faoliyatlarini yorituvchi hisobotlar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

2.Talabalar kengashining Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish;

3.Talabalar kenagashining navbatdagi vazifalari va ishrejalarini belgilash;

4.Talabalar kengashi raisi faoliyatining vazifalari va huquqiy normativ asoslarini belgilash, qo‘shimchalar kiritish, zarur bo‘lgan hollarda uni muddatidan oldin saylash, o‘zgartirishlarni muhokama etish va qarorlar qabul qilish;

5.Talabalar kasaba uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi filial b.t.va fakultetlar talabalar kengashlari qarorlari asosida, zarur bo‘lgan holatlarda kengash a‘zolarini a‘zolikdan chiqarish, tavsiya etilgan nomzodlarni a‘zolikka saylash;

6.Talabalar kengashi mazkur Nizom asosida direktor tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, ichki tartib-qoidalarga hamda ta‘lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi filial b.t. Nizomlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni o‘rganadi.

Kengash tarkibida quyidagi bo‘limlar tashkil etiladi:

-Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘limi;

-Tashkiliy-ommaviy ishlar bo‘limi;

-Maishiy tozalik ishlar bo‘limi;

-Sport-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘limi;

-Qizlar bo‘limi;

IV. Talabalar kengashi a'zolarining huquq va burchlari:

- Kengashning barcha yig‘ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo‘lish;

-Filial Ilmiy kengashining talabalar hayotiga oid majlislarida vakolatga ega bo‘lish;

-Filial hududida joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarining faoliyatini o‘rganish va takliflar kiritish;

-Filial hududining tozaligi va sanitar holati talab darajasida bo‘lishini ta‘minlash;

-Talabalar turar joyi hududida tartib-intizomni ta‘minlashda IIB tayanch punkti bilan hamkorlikda ish olib borish;

-Talabalar o‘rtasida ma‘naviy-ma‘rifiy, axloqiy-tarbiyaviy mavzularda, O‘zbekiston qahramonlari, deputatlar, hokimlar, prokuratura, sud, tuman va shahar ichki ishlar xodimlari, fan xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, badiiy kechalar tashkil etish;

-Turli yuqumli kasalliklar, giyohvandlik, ichkilikbozlik va fohishabozlik kabi inson hayoti uchun xavfli, ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalar, illatlarga qarshi talaba yoshlar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish;

-Talabalarning fan, adabiyot, san’at va kasb- hunar sohalaridagi ijodiy iste’dodlarini namoyish etishlariga hamda tadbirkorlik ishlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar kiritish;

-Talabalar kengashining ushbu Nizomiga ish jarayonida to‘plangan tajriba, muammolar, istak va takliflardan kelib chiqib qo‘shimcha hamda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

TALABALAR TURAR JOYIGA TALABALARNI JOYLASHTIRISH TO'G'RISIDA NIZOM

Filialga uzoq shahar va viloyatdan kelib, ta‘lim olayotgan talabalarni vaqtincha yashash joyi bilan ta‘minlash maqsadida «Talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirish to'g'risida nizom » tashkil etildi.

1.Talabalar turar joyi boshqaruvi mazkur Nizom asosida filial rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega bo‘lib, Talabalar turar joyining ma‘muriy, xo‘jalik, ma‘naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.

2. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa to‘garaklarga qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.

3.Talabalar turar joyining moddiy texnik ta‘minoti, uni kapital va joriy ta‘mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko‘rpa-to‘shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta‘mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta‘minlash, kommunal-xo‘jalik xizmatlari (issiq va sovuq suvta‘minoti, kanalizatsiya, issiq suv trubalarini ta‘mirlash) va boshqa shart-sharoitlar filial ma‘muriyati tomonidan ta‘minlanadi.

5. Talaba joy olishi uchun fakultet dekani yoki o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Ma‘naviy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, fakultet yetakchisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tavsiya etiladi. Mazkur ariza o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, Talabalar turar joyiga joylashish o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va kasaba uyushmasi ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.

6. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta‘sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olishishlari Boshqaruv (mudir) va pasportist(ka) tomonidan tashkil etiladi.

7. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog‘lomlashtirishishlari va Talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik filial direktoriga yuklatiladi.

8. Talabalar turar joyiga filial ishchi-xizmatchilari, begonalar, talabaning oila a‘zolarini joylashtirishi qat’iyan man qilinadi.

9. Talabalar turar joylarida yashash uchun to‘lov miqdori filial ilmiy kengashi qarori bilan belgilanadi.