MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori

Umumiy ma'lumot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektorining tarkibi:

Sektor boshlig‘i – Saydaliyev Bobir Maxamadaliyevich

Sektor muhandisi – Xolbekov Asadbek Xolbek o‘g‘li

Sektor muhandisi – Axmatjonova Xurshida Komiljon qizi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori tomonidan filialda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni dastlabki kursdanoq aniqlash indikatori ishlab chiqilgan. Saralash natijalariga ko‘ra 3-kursda jami 28 nafar talaba, shundan “Amaliy matematika” fakultetida 12 ta “Psixologiya” fakultetida 16 nafar talaba iqtidorli talabalar ro‘yxatiga kiritilgan. 2-kurslarda jami 83 nafar talaba: shundan “Amaliy matematika” fakultetida 40 nafar, “Psixologiya” fakultetida 43 nafar talaba iqtidorli talabalar sifatida ro‘yxatga kiritilgan.

Har bir kafedrada to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan faol talabalar ishtirok etib kelishmoqda.

Filialda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish hamda Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi iqtidorli yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyish etishlariga ko‘maklashish maqsadida filialning malakali professor-o‘qituvchilariga iqtidorli talabalar biriktirilgan.

Iqtidorli talabalarning o‘z ustida ishlashlari va aniq maqsadlarini belgilab olish uchun biriktirilgan ilmiy rahbar hamkorligida 1 yillik “Maqsadli tayyorlash dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, yil yakuni bo‘yicha hisobot topshirish belgilab qo‘yilgan.

Iqtidorli talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida filialda “Web dasturlash” va “Yosh dasturchi” to‘garaklari tashkil etilgan va unga filial talabalari jalb qilingan.

Joriy yilning mart oyida iqtidorli talabalar uchun "Al-Xorazmiy izdoshlari" va "Yosh dasturchilar-hakatoni" nomli ichki olimpiada o‘tkazildi. Iqtidorli talabalarning xalqaro konferensiyalarda hamda seminarlarda doimiy ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari telekanallarda doimiy ravishda yoritilib kelinmoqda.

Filialning iqtidorli talabalarining shu vaqtga qadar xalqaro va davriy jurnallarda, milliy konferensiya va anjumanlarda 120 dan ziyod ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgan.

Filialning iqtidorli talabalari shu bilan birga ko‘plab tanlovlarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishmoqda ulardan 2024-yilning yanvar, fevral va mart oylari hisobidan 9-mart kuni  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti madaniyat saroyida “Yil talabasi-2023” hamda “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda, Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti 4-kurs talabasi Murotjonova Mubina Dilshod qizi “Yil talabasi-2023” ko‘rik-tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi boʻyicha nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘olibini taqdirlash jarayonidan

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra: O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Jizzax filialida ''Zulfiya'' mukofoti sovrindorini kutib olish marosimi hamda uchrashuvdan  

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi uchun kalendar reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ko‘plab tanlovlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan va yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Shu vaqtgacha “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni, “Mening startat loyiham” inkubatsiya dasturi, “Top innovator”, “Ideaton – Uzbekistan 2030”, “Ayollar biznesiga birinchi qadam” kabi iqtidorli talabalarni bir joyga jamlagan ko‘rik tanlovlar tashkil etildi va munosiblar taqdirlanishdi.

Filialda “Yoshlar akademiyasi liderlari” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda filial va fakultetlar uchun talabalar orasidan yoshlar akademiyasi liderlari saylangan va ular o‘zlarining ish rejalari hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi bilan birgalikda vazifalarini bajarib kelmoqdalar.

Yoshlar akademiyasi liderlari ishtirokida Yoshlar akademiyasining assambleyasidan