Umumiy ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 30-31-yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019-yil 10-iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etildi. Dastlab, Filial tarkibida “Amaliy matematika” fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan.
Hozirgi kunda « Amaliy matematikaa » fakulteti tarkibiga: to'rtta kafedra faoliyat ko‘rsatadi:
1. “Amaliy matematika” kafedrasi. Kafedra mudiri. Sharipova Sadoqat Fazliddinovna.
2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi. Kafedra mudiri Qayumov Oybek Achilovich.
3. "Biotexnologiya" kafedrasi. Kafedra mudiri O'ralov Abdumannon Iskandarovich.
4. "Iqtisodiyot" kafedrasi. Kafedra mudiri Muxtorov Botir Abdusattarovich.
Fakultetda 8 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
— 5130200 Аmaliy matematika yo‘nalishi;
— 5330100 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi;
— 5330200 Аxborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;
— 5330300 Аxborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;
— 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;
— 5320500 Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi;
— 5130200 Аmaliy matematika va informatika yo‘nalishi;
— 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi.
Fakultetda 2 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
— 5330200 Аxborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;
— 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;