MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat”

1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 1988 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan joriy yilda bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

1 dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida davra suhbati tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbatida Jizzax shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh infeksionisti Ishmatova Gulnora, shu poliklinika xamshirasi Irgasheva Barno, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Qudratov, fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda filial 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda mutaxassislari o‘zining ma’ruzalari bilan ishtirok etib, talabalarga OIVning salbiy oqibatlari, kelib chiqish sabablari uning profilaktikasi xususida atroflicha tushunchalar berdilar hamda tadbirda ishtirok etgan talabalarga mavzuga oid targ‘ibot materiallar tarqatildi. Suhbat so‘nggida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar olishdi. Tadbirda 1-kurs talabalari faol ishtirok etdilar.

Filial Axborot xizmati.

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......