MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-01-71

72-226-01-71

72-226-01-71

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-01-71

72-226-01-71

72-226-01-71

72-226-01-71

72-226-01-71

72-226-01-71

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Oliy ta’lim muassasasi bilan maktab o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish doirasida olib borilayotgan ishlar davom ettirilmoqda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini  rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yilning 6 noyabrdagi  PF-6108-son Farmoni ijrosi yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika va informatika” fakulteti dekani t.f.n., A.Baboyev va  “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari 2020 yil 12 dekabr kuni Forish tumanidagi 68-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali 68-umumta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish hamda maktablarning moddiy texnik bazasini yanada boyitishga amaliy yordam ko‘rsatish, aniq holatni o‘rganish bo‘yicha faoliyat olib borildi.
    Tashrif davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga biriktirilgan maktabda “Kafedra soati” mavzusida seminar va ochiq muloqot o‘tkazildi. Kafedralar salohiyatidan kelib chiqib, “Amaliy matematika va informatika” fakulteti dekani t.f.n., A.Baboyev va professor-o‘qituvchilari  O.Primqulov, J.Quvondiqov, X.Do‘sanovlar tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan matematika va informatika  fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil qilindi. Bundan tashqari, maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovini oshirishda ko‘mak berish maqsadida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, matematikava informatika fanlaridan fakultetining “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi 102-19-gurux talabalari M.Abdiyeva, N.Shamsiyeva, B.Olimova 101-19-guruh talabalari K.Abdusalomov, Sh.Asqarovlar o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida, maktabda “Kasblar kuni”ni o‘tkazishdi.
    Milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Xalqimiz hamisha ustozlarni e’zozlab, ularning hurmat-izzatini joyiga qo‘yib kelgan. «Ustoz ota kabi ulug‘» degan hikmatli naql ham bejiz aytilmagan. Zero, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir. 

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali mamlakatimizning yuqori sifatli kadrlar bilan ta’minlovchi oliy ta’limni tashkil etishdagi rolini, shuningdek, Jizzax viloyati, Forish tumanidagi 68-sonli umumta’lim maktabining (1-11 sinflar) ayniqsa, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlarga umumiy o‘rta ta’lim olishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar berish, ularning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish orqali yoshlarni jamiyatga, mustaqil hayotga tayyorlashdagi rolini e’tiborga olib, Memorandumda ko‘zda tutilgan masalalar yuzasidan:
•  Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika va informatika” fakulteti dekani t.f.n., A.Baboyev ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribalaridan samarali foydalangan holda, ilg‘or o‘qitish uslublarini umumta’lim maktabidagi ta’lim jarayoniga mos ravishda tatbiq etish maqsadida matematka va informatika fani bo‘yicha maktab o‘qituvchilari bilan master klass o‘tkazdi;
•  68-maktabining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika informatika yo‘nalishlarda test  sinovlari o‘tkazildi va  olingan natijalar bilan maktab direktori, matematika va informatika o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarda matematika va informatika fanlar bo‘yicha bilimlarini yanada rivojlantirish choralari kelishib olindi ;
Umumiy xulosa qilinganda, ushbu tashrif mobaynida Oliy ta’lim muassasasi bilan maktab o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish doirasida olib borilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.

11.01.2025

#tanlov Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Iqtidorli va qobiliyatli talabalarni saralash va ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshiri....

11.01.2025

#bayram Bugun Jizzax shahrida 14-yanvar ''Vatan himoyachilari'' kuni munosabati bilan Harbiy parad bo‘lib o‘tdi Yurish Sharof Rashidov ko‘cha......

11.01.2025

#kafedra_kunlari 📚Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining ''Iqtisodiyot va turizm'' kafedrasi tomoni......

11.01.2025

#kitobxonlik ▫️Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi......

11.01.2025

#musiqa 🪕 Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘z......

11.01.2025

#uchrashuv ▫️Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Rahbar va Yoshlar" tashkil etildi. 👉 Batafsil ma'lumot olish ▫️B......

11.01.2025

#Yoshlar_ittifoqi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Payshanba "Profilaktik.....

11.01.2025

#tadbir ......

11.01.2025

#o'rganish 📚 Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Turakulov hamda viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar mas’......

11.01.2025

#o'rganish 📚 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati “Fan......