MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

IT-Park va OʻzMU Jizzax filiali oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida iqtisodiyotning barcha sohalari va axborot texnologiyalari oʻrtasida sinergiya yaratish maqsadida OTMlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-Parklar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ushbu topshiriqdan soʻng, oliy ta’lim muassasalari yoshlarga oʻz gʻoyalarini innovatsion loyihalarga aylantirishda yordam beradigan inkubatsiya markazlarini tashkil etishga harakat qilishmoqda.
Topshirik ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) hududiy filiali inkubatsiya markazlarini tashkil etish hamda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastur namunasi (loyiha) ishlab chiqish belgilangan. 
Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida IT Park mintaqaviy filiali rahbariyati va filialning rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda axborot texnologiyalari markazi mutaxasislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  
Jizzax shahridagi IT Park filiali loyihasi maslahatchisi Jayaram Partasarti suhbat davomida IT-parkni tashkil etish tarixi va faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, talabalar bilan ham uchrashuv tashkil etildi va ulardagi g‘oyalar hamda startap loyihalarni yaratishda inkubasiya va akselerasiya bosqichlarini qanday amalga oshirish lozimligi to‘g‘risida fikrlar almashinib muloqotlar tashkil etildi.

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......