MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Filialga biriktirilgan maktablar bitiruvchilarining “Ochiq eshiklar” kuniga tashrifi — "IDEATHON-2021" ko‘rik tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yilning 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni e’lon qilingandan so‘ng ushbu farmonda belgilangan vazifalar ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining asosiy va maqsadli vazifalaridan etib belgilangan. Qolaversa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida maktab ta’limini rivojlantirish borasida bildirilgan fikrlar va topshiriqlar, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan 2021-yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilganligi bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning nechog‘lik muhimligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan startap loyihalar va g‘oyalar tanlovini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 4-fevral kuni filialga biriktirilgan maktablar o‘quvchilari hamda  talaba-yoshlar o‘rtasida IDEATHON-2021 ko‘rik tanlovi tadbiri shuningdek, “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Filialga tashrif buyirgan mehmonlarni filial direktori O.Turakulov, ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Axatov va ma’sullar kutib olishdi hamda filialda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, axborot resurs markazi, sport majmuasi bilan tanishtirildi.

Jizzax viloyatining 4 ta tumanidan o‘quvchilar filialga tashrif buyurishdi. Jumladan, Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Zafarobod tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Sh.Rashidov tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Forish tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Forish tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan o‘quvchilar kelishdi.

Filialga boʼlgan sayohat o’quvchilarda katta taasurot qoldirdi.

Yuqori sinf o‘quvchilari filialimizga sayohati davomida filialning faollar zalida tashkil etilgan IDEATHON-2021 ko‘rik tanlovida o‘zlarining g‘oyalari bilan ishtirok etdilar. Dastlab filial iqtidorli talabalari Startup loyihalar taqdimotini namoyish qilishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib ishtirokchilarni filial direktorining qimmatbaho sovg‘alari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

 

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube

 

10.07.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyati......

08.07.2025

🔹#malaka_oshirish 🔸 Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirildi. 🔷 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar v......

08.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

08.07.2025

🎉#Xushxabar O’zMU Jizzax filiali talabasi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko’r......

06.07.2025

Bugun Jizzax Yoshlar Texnoparkida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivo......

02.07.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Turakulo......

28.06.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Tu......

28.06.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Tu......

28.06.2025

Ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida bitiruv......

25.06.2025

#dolzarb90kun #konsert #yoshlarkuni Jizzaxda “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida galakonsert bo'lib o'tdi. 📍30-iyun "Y......