MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Аlisher Navoiy buyuk qalb sohibi”

Filial murabbiylar Kengashi tashabbusi bilan "Amaliy matematika" fakulteti o'qituvchisi S.Sharipova va "Psixologiya" fakulteti o'qituvchisi M.Boltayeva tomonidan “Аlisher Navoiy buyuk qalb sohibi” mavzusida ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi.

Ochiq dars mashg'ulotlarida Filial murabbiylar Kengashi raisi I.Mamatqulova, "Psixologiya" fakelteti “Yoshlar bilan ishlash boʼyicha” dekan oʼrinbosari А.Toshboev, "Amaliy matematika" fakulteti “Yoshlar bilan ishlash boʼyicha” dekan oʼrinbosari X.Raxmatovlar ishtirok etib, dars jarayonini kuzatib borishdi.

Dars mashg’uloti odatdagidek 4 bosqichda tashkil qilinib, ularda axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishish, axborot soati mavzusini yoritish, talabalar bilan fazilatlardan biri haqida suhbatlashish va shu fazilatni keng targ‘ib qilish hamda badiiy adabiyotlar bilan tanishish kabi mavzular o’rin oldi.

“Alisher Navoiy buyuk qalb sohibi” mavzusida suhbat o‘tkazilib, buyuk shoirimizning hayot va faoliyati, bizlarga qoldirgan boy ilmiy va adabiy merosini o‘rganish xususida batafsil to’xtab o’tildi. Talabalar tomonidan buyuk bobokalonimiz ijod namunalaridan g`azal va ruboiylar aytib o’tildi. Guruh talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Navoiy va Guli” sahnasi namoyish etildi.  

Hazrat Mir Alisher Navoiy mana olti asrki, bizni mudom ezgulik va poklikka undaydi. Shoir asarlarini o‘qir ekanmiz, har safar undan yangi bir mazmun, yangi jihatlarni topaveramiz. Ulug‘ bobomiz ijodini o‘rganish insonni komillik sari yetaklovchi eng asosiy omillardan biridir. Bunday ochiq dars mashg'ulotlari talaba-yoshlarni ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirib, buyuk siymolarga ehtirom hissini shakllantiradi.

 

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube

 

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......