MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Navoiyni madh etib”

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2021-yil  9-fevral kuni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan  “Navoiyni madh etib” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Rahimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Direktor o‘rinbosari, o‘z nutqida Navoiy yashagan davrdan buyon besh asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi, Movarounnahr tuprog‘i ne-ne bosqinlarga, toj-u taxt uchun qonli kurashlarga sahna bo‘ldi. Ammo shoir ijodining qimmati aslo pasaymadi. Har avlod undan o‘zi uchun nimadir topdi. Navoiy asarlari xalqimiz uchun ma’naviy quvvat va yuksalish manbai bo‘ldi - deya ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng tadbirga mehmon sifatida tashrif buyirgan JDPI Adabiyot o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti A.T. Tursunqulov va Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi uslubchisi L.Sindorovlar Hazrat Navoiyning hayoti va ijodi haqida hamda ul zotning o‘zbek tili ravnaqi uchun qo‘shgan ulkan hissalari haqida tadbir ishtirokchilariga ma’ruza qildilar.

Tadbir so‘ngida filialning “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi doirasida “Navoiyni madh etib” shiori ostida 3-8 fevral kunlari o‘tkazilgan  “Navoiy va yoshlar” mavzusida insholar,  “Yoshlar ijodida Navoiy madhi” mavzusida Alisher Navoiyga atab yozilgan she’rlar, esselar hamda Alisher Navoiy ijodini talabalarimiz o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida Navoiy asarlaridan “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusida tayyorlagan videoroliklar tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar filial rahbariyati tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube

 

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......