MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay

Joriy yilning 1-aprel kuni O‘zMU Jizzax filiali talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvga Viloyat musulmonlar idorasi imom hatibi - A.Atoboyev, Jizzax viloyat IIB Terorizimga qarshi kurashish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi - M.Xamidov, Viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bosh mutaxasisi – I.Donisheva taklif etildilar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali o‘quv va tarbiviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Raximov kirish so‘zi bilan ochib, taklif etilganlar bilan tanishtirib o‘tdi. Filial talabalari ishtirokida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv tashkil etildi deya so‘z navbatini Viloyat musulmonlar idorasi imom hatibi Abdumutal Atoboyevga berdi. Abdumutal Atoboyev o‘z ma’ruzasida ilm olish dinimizda farz qilinib biror bir din ilm olishga Islom dinidek targ‘ib qilmagan. Hamda Islom dini jaholatga qarshi ilm-ma’rifat bilan kurashishga buyurgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ilk bor “O‘qi” deb nozil bo‘lgan oyat so‘zimizga dalil bo‘la oladi. Ilmning kaliti o‘qishdir. Islomdan oldingi paytni esga olaylik. Odamlar jaholat botqog‘iga tamoman botgan edi. Alloh taolo ularning bu holatini Qur’oni karimda shunday bayon qilgan: “Do‘zax chog‘i yoqasida turganingizda, sizlarni undan qutqardi”. Oli Imron surasi.

Darhaqiqat, Alloh taolo ilm bilan insoniyatni jaholat zulmatidan Islom nuriga olib chiqdi. Islom dini ilmni iymonga tasdiq, amalga esa yo‘lboshchi qilgan dindir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat bo‘lgan hadisda: “Har bir musulmon kishiga ilm talab qilish farzdir”, — deganlar. Ibn Moja rivoyat qilgan.

Islom dini diniy va dunyoviy ilmga umumiy da’vat qilgan. Masalan, Zanjiy ibn Xolid aytadi: “Bolalik paytimizda Zuhriyning huzuriga kirgan edik, u zot bizga: “Ilm talab qilinglar. Shunda siz dunyoni istasangiz unga yetishasiz, oxiratni istasangiz ham unga yetishasiz”, — dedilar”. Ammo dinda faqih bo‘lishga alohida urg‘u bergan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kimga yaxshilikni iroda etsa, uni din ishida faqih qilib qo‘yadi”, dedilar. Bu hadis Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat bo‘lgan. Muttafaqun alayh. Ushbu hadisga binoan ilm egalari ulug‘ fazilat egasi ekanliklari ma’lum bo‘ladi.

Ulug‘ zotlardan biri: “Kimda-kim o‘zining bilmasligini yashirib, ilm olishdan bosh tortsa yoki kasalini yashirib, davolanishdan bosh tortsa, u o‘ziga o‘zi xiyonat qilibdi” dedilar deya o‘z ma’ruzalarini yakunladi.

 

Uchrashuv so'ngida talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'liq javob olishdi.

 

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube

 

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......