Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-01-71
72-226-01-71
72-226-01-71
Yangiliklar
Filial
Qabul-2024
Uslubiy ta'minot
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-01-71
72-226-01-71
72-226-01-71
Yangiliklar
Filial
Qabul-2024
Uslubiy ta'minot
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-01-71
72-226-01-71
72-226-01-71
72-226-01-71
72-226-01-71
72-226-01-71
Yangiliklar
Filial
Qabul-2024
Uslubiy ta'minot
Yangiliklar
2021-yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6208-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5088 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialiga biriktirilgan Jizzaxlik va Qassoblik maxallalarida 2021-yilning oʻtgan olti oyi davomida amalga oshirilgan amaliy chora-tadbirlarning natijadorligiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Axatov, “Psixologiya” fakulteti dekani N.Alimov, “Amaliy matematika” fakulteti dekani A.Baboyev, fakultetning dekan oʻrinbosarlari va professor-oʻqituvchilari hamda taklif etilganlardan Jizzax viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi N.B.Nusharov, Jizzax shaxar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi H.Mamatqulov, Jizzaxlik maxalla fuqarolar yigʻini raisi Sh.Axrorqulov shuningdek, 50dan ortiq mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdi.
Seminarda oʻtgan 6 oy davomida mahallada amalga oshirilgan amaliy ishlar natijasida 60dan ortiq ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga banklarda davlat kreditlari ajratilganligi, 30dan ortiq nogiron, kam taʼminlangan va boquvchisi yoʻq ijtimoiy-himoyaga muxtoj oilalarda habar olinib ularga moddiy va maʼnaviy yordam berilganligi, 25 nafar “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar bilan olib borilgan amaliy ishlar natijasida bugungi kunda ularning barchasi “Yoshlar daftari” roʻyxatidan chiqarilib jamiyatda oʻz oʻrnini topib borayotganligi aytib oʻtildi. Shuningdek, filial maʼmuriyati tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsdida oʻtkazib kelinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlar, yoshlarni oliy taʼlimga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan oʻquv kurslari, fan va sport toʻgaraklarining faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi hamda faol talabalardan tashkil topgan volontyorlarning mahalla yoshlari orasida olib borgan targʻibot tadbirlari alohida eʼtirof etildi.
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar