MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

O'zMU Jizzax filialida "Keksalarni e'zozlash haftaligi" doirasida tadbir bo'lib o'tdi.

Bugun 8-oktabr O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali faollar zalida “Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat!” shiori ostida "Keksalarni e'zozlash haftaligi" tadbiri bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish va duolarini olib yurishdir. Zero, xalqimizning “Keksasi bor uyning farishtasi bor”, “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham о‘z ifodasini topganligidan barchamiz mamnunmiz.

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining tegishli rezolyusiyasi bilan e’lon qilingan “1-oktabr – Xalqaro keksalar kuni” munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 27-sentabrida “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi о‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq, mamlakatimizda “1-oktabr – Xalqaro keksalar kuni”ni har yili munosib nishonlash maqsadida, oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalarni e'zozlash haftaligi” etib belgilandi.

Bir sо‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar zamirida, avvalo, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni bundanda obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash singari ezgu maqsadlar mujassamdir. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashda, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishida yoshi ulug‘ insonlarning о‘rni beqiyosdir.

 

 

10.07.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyati......

08.07.2025

🔹#malaka_oshirish 🔸 Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirildi. 🔷 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar v......

08.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

08.07.2025

🎉#Xushxabar O’zMU Jizzax filiali talabasi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko’r......

06.07.2025

Bugun Jizzax Yoshlar Texnoparkida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivo......

02.07.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Turakulo......

28.06.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Tu......

28.06.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Tu......

28.06.2025

Ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida bitiruv......

25.06.2025

#dolzarb90kun #konsert #yoshlarkuni Jizzaxda “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida galakonsert bo'lib o'tdi. 📍30-iyun "Y......