MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

MUROJAAT ABITUREYNLAR UCHUN

Hurmatli abituriyent!

        Avvalo, Sizga mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasidan bizning Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini  tanlaganingiz uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Bizning jamoa oʻz oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi boʻlishni hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga oʻz maqsadlariga yetishishida ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.

 2020-2021 oʻquv yilida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari boʻyicha 12 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida  675 nafar talabani  qabul qiladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yildan-yilga kengayib, inson kapitaliga davlat tomonidan juda katta investitsiya kiritilmoqda. Bunday gʻamxoʻrlik natijasida talabalikka qabul qlingan yoshlar soni oxirgi uch yilda uch barobarga ortdi. Shu jumladan bizning filialimizda toʻrt barobarga ortdi. Joriy yilda abituriyentlarning hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻliq masofadan amalga oshirildi. Bizning Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali kirish uchun 2391 nafar abituriyent hujjatlarini  roʻyxatdan oʻtkazdilar.

Bugungi kunda butun jahonda kechayotgan pandemiya sababli mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muddatlari kechiktirildi. Bu avvalo, Siz - yoshlarning salomatligingizni oʻylab, oʻz bilimingizni namoyon qilish uchun qulay va xavfsiz shart-sharoit yaratish maqsadida qilindi.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan kirish imtihonlari shaharlar va viloyatlardagi markaziy stadionlarda, yaʼni ochiq maydonlarda karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020 yil sentyabr oyining 2-sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Siz pasportingiz va DTM ruxsatnomangiz bilan ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga belgilangan vaqtda yetib kelishingiz zarur. Eslatib oʻtamiz, DTM ruxsatnomalarini joriy yilning 22 avgustidan boshlab DTM sayti (www.dtm.uz)dagi shaxsiy kabinetingiz orqali olishingiz mumkin!

 

Muhtaram Abituriyent!

Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni taʼminlab, yaxshi kayfiyatda va oʻz vaqtida yetib kelishingizni soʻraymiz.

Aziz ota-onalar va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolib, imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlarini soʻraymiz.

Kirish imtihonlarining oʻtish muddati, jadvali va natijalari hamda oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni jbnuu.uz sayti, @jbnuu_qabul2020_bot telegramm botidan olishingiz, shuningdek info@jbnuu.uz elektron adresga yoki

(72)226-01-24, (72)226-10-52, (72)226-0130 raqamli telefonlariga murojaat etishingiz mumkin.

Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchlim bilim bilangina talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va oʻz ustingizda ishlashdan toʻxtatmang. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

 

Omad yor boʻlsin!

 

Hurmat bilan,

Mirzo Ulugʻbek nomidagi

Oʻzbekiston Milliy universiteti

Jizzax filiali direktori

 

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......