MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali jamoasi Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy, innovatsion va fundamental loyihalar tanlovi g‘olibiga aylanishdi.

                                                      

 

13-yanvar kuni Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy, innovatsion va fundamental loyihalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.

 

 Ushbu loyihada Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali jamoasi Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi “Sound and text transcript” intellektual dasturiy mahsulotini ishlab chiqish loyihasi bilan qatnashishdi va g'olib bo'lishdi.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 41-turida Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi “Sound and text transcript” intellektual dasturiy mahsulotini ishlab chiqish mavzusidagi umumiy qiymati 1 595 000 000 teng bo’lgan 2 yilga mo’ljallangan innovatsion loyiha g’olibi bo’ldi. Loyiha raxbari texnika fanlari doktori, professor Axatov Akmal Rustamovich

 

 

Loyiha haqida ma'lumot

 

13 yanvar kuni Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy, innovatsion va fundamental loyihalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar. 9 ta fan yo‘nalishi kesimida Fanlar akademiyasi hamda 3 ta vazirlik, 1 ta qo‘mita tasarrufidagi 8 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 5 ta oliy taʼlim muassasasi, 6 ta ilmiy markazi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 77,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 38 ta loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirilmoqda. Ulardan 21 tasi amaliy, 9 tasi innovatsion va 8 tasi fundamental loyihalardir.

 

Jumladan, 9 ta qishloq xo‘jaligi, 6 ta biotexnologiya va biologiya, 8 ta tibbiyot, 8 ta filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari, 2 ta texnika, 5 ta farmakologiya va farmatsevtika, fanlari yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bajarilayotgan loyihalar yakuniy natijalari qishloq xo‘jaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, farmakologiya va farmatsevtika yo‘nalishida dori vositalari va substansiyalar, texnik qurilmalar, tajriba-konstruktorlik namunalari va dasturiy mahsulotlar olishga qaratilgan.

 

Taʼkidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion xalqaro loyihalar tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Hozirda 15 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qiymati 144,22 mlrd so‘m bo‘lgan 146 ta tematik mavzular – 131 ta amaliy, 35 ta innovatsion loyihalar uchun tanlovlar davom etmoqda.

 

 

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......