MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Jizzax viloyatidagi Axborot xizmatlarining faoliyati qoniqarli bo‘lmoqdami?

Jizzax shahridagi “Yoshlar innovasion markazi”da Jizzax viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Juraqulovning hududda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari va Axborot xizmatlari xodimlarining faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalarining ochiqligini ta’minlash, Axborot xizmatlarining davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari tanqidiy tahliliy ravishda ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi, fuqarolarning axborot olish huquqlarini ta’minlash, jamiyatda bo‘layotgan islohotlarni yoritish hamda mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta bo‘lmoqda.
– Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan xalqimizni muntazam xabardor qilish, ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, xususan axborot xizmatlarining ta’siri katta bo‘lishi kerak-deydi, viloyat hokimi o‘rinbosari Furqat Juraqulov.– Shu bois mazkur tizim faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bugungi kunning asosiy masalasi hisoblanadi.Buning uchun Axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirib ularni mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini mustahkamlash zarur.

Shuningdek, uchrashuvda Axborot xizmatlari vakillarining malakasini oshirish uchun o‘quv seminarlar tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......