Bugun 2022-yil 14-oktyabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjumani o’z ishini boshladi. Anjumanning yalpi majlis yig’ilishida respublikamiz va Rossiya Federatsiyasining nufuzli universitetlari va boshqa davlat universitetlarining yetakchi professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi, jumladan Jizzax viloyat hokimi o’rinbosari Savurboyev Akmal Abdumo’minovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Umumiy va aniq fanlar” kafedrasi professori fizika-matematika fanlari doktori, professor Yuldashev Tursun Kamaldinovich, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor Raxmatullayev Маrаt Аlimovich, Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti “Kiberxavfsizlik” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor Irgasheva Durdona Yakubjanovna, Rossiya Federatsiya Qozon federal universiteti dotsenti Ramil Ramziyevich Garifullin va boshqalar.
Kunning ikkinchi yarmida anjuman oʻz ishini quyidagi shoʻbalarda davom ettirdi:
- Axborot xavfsizligi;
- Raqamli iqtisodiyot uchun infratuzilmalar;
- Sun’iy intellekt;
- Raqamli transformatsiya;
- Texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
- Axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar.
Ushbu shoʻbalar yigʻilishlarida respublikamiz OTMlaridan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda xorijiy professor-oʻqituvchilar onlayn tarzda oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Аnjumanning maqsadi
- muhandislik texnologiyalari va dasturiy taʼminotlarini yaratishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va ularni murakkab tizimlarni boshqarishda hamda ilmiy tadqiqot jarayonlarida joriy qilish, globallashuv sharoitida davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va roʼyobga chiqarish boʼyicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaxshilash, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʼyicha mavjud yuqori salohiyatli ilmiy maktablar anʼanalari hamda ilgʼor fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari bilan tanishish; sohada olib borilayotgan izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yoʼnaltirish, sohalardagi muhim masalalarni muhokama etishdan iborat.
Аnjumanning vazifalari:
• zamonaviy muhandislik texnologiyalari va dasturiy taʼminotlar yaratishning amaliy masalalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning hozirgi holatini tahlil qilish;
• hisoblash mashinalari, majmualari va kompьyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini muvofiqlashtirish;
• tizimli tahlil, boshqaruv, sunʼiy intellekt, raqamli transformatsiya boʼyicha dolzarb muammolarni yechishda ilmiy asoslangan takliflar berish;
• axborot xavfsizligi masalalari boʼyicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʼnalishlarini aniqlash;
• muhandislik texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot sohasida barqaror rivojlanishga koʼmaklashish;
• axborot-kommunikatsiya tarmoqlari uchun malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash istiqbollarini belgilash.